BBC navigation

Farhod Tolipov: "Ko‘p o‘zbekistonliklar Obama g‘alabasini istashgandi"

Сўнгги янгиланиш 7 ноябр 2012 - 13:52 GMT

Фарҳод Толипов: "Кўп ўзбекистонликлар Обама ғалабасини исташганди"

Ўзбекистонлик сиёсатшунос ва университет ўқитувчиси Фарҳод Толиповнинг Би-би-сига айтишича, Ўзбекистондаги сиёсий доиралар, оддий фуқаролар, хусусан ёшлар ва талабалар Америкадаги сайловлар жараёнини жуда катта қизиқиш билан кузатишди.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

O‘zbekistonlik siyosatshunos va universitet o‘qituvchisi Farhod Tolipovning BBCga aytishicha, O‘zbekistondagi siyosiy doiralar, oddiy fuqarolar, xususan yoshlar va talabalar Amerikadagi saylovlar jarayonini juda katta qiziqish bilan kuzatishdi.

Janob Tolipovning o‘zi AQSh saylovlari oldidan ikki nomzod o‘rtasida o‘tgan teledebatlarni Toshkentdagi AQSh elchisi taklifi bilan elchixonada tomosha qilgan va u yerda o‘tgan bahsu-munozaralarda ishtirok etgan.

U O‘zbekistonda ko‘pchilik aynan Barak Obama g‘olib chiqishini istaganini aytadi.

"Buning sababi bir nechta bo‘lishi mumkin. Avvalambor, global va xalqaro munosabatlardagi bo‘layotgan jarayonlar bilan bog‘liq sabablar, ikkinchidan bevosita O‘zbekiston va Markaziy Osiyo bilan bog‘liq bo‘lgan sabablar bilan izohlash mumkin. Xususan, biz bilamiz, Barak Obama tashabbusi bilan Afg‘onistondan AQSh va xalqaro kuchlarni olib chiqish boshlangan, bu ish oxirigacha olib borilishi kerak", - deydi janob Tolipov.

Siyosatshunos Prezident Obama davrida AQSh-O‘zbekiston munosabatlari "yangi pog‘onaga" ko‘tarilganiga ishonadi.

"Sobiq Prezident Bush payti O‘zbekiston bilan munosabatlar ancha sustlashgandi, ayniqsa Andijon voqealaridan keyin. Hozirgi prezident AQSh va O‘zbekiston munosabatlarining yaxshilanishiga ancha hissa qo‘shdi. Deyarli har oy O‘zbekistonga yuqori darajali AQSh rasmiylari tashrif buyurib turibdi", - deydi u.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.