BBC navigation

Erkin saylov- erkin tanlov: Saylovchilar ovozi Barak Obamani g‘alabaga olib keldi.

Сўнгги янгиланиш 7 ноябр 2012 - 15:57 GMT

Obama tarafdorlari undan minnatdorchilik bildirilgan elektron maktublarini olishdi

Mana saylov kuni ham keldi. Tinimsiz saylovoldi kampaniyalari, targ‘ibotu da‘vatlar nihoyasiga yetdi. Ba‘zi odamlar saylov kunida xaddan tashqari uzun navbat bo‘lishi mumkinligidan cho‘chib, rasmiy saylov kunidan ertaroq ovoz berishdi. Lekin, bizning oilamiz saylovda ilk bor qatnashayotgani uchun, biz aynan saylov kuni ovoz berishga karor qildik.

Ko‘pchilik odamlar ishga borishdan oldin yoki kechki payt saylov uchastkalarga borishini bilib, biz u yerga peshinda bordik. Men televizorda saylovchilarning uzundan-uzun navbatlarini ko‘rib, issiq kiyimlarimni kiyib oldim va kichik termosga choy xam damlab oldim. Bizning saylov uchastkamiz, xuddi O‘zbekistonagidek, o‘rta maktab binosida ekan. Uchastka oldiga yakinlashar ekanmiz, xilma xil plakatlar ko‘zga tashlandi. U yoki bu nomzodni targ‘ib qiluvchi ma‘lumotnomalarni tarqatib turgan odamlar bizni uchastka oldida kutib oldi. Ichkariga kirganimizda, bizni xushmuomala bir ko‘ngilli xodima kutib oldi-da, ro‘yhatdan o‘tish joyini ko‘rsatdi. Bizni ro‘yhatga olgan kishi adresimizni ko‘rib, "qo‘shni ekanmiz" deb jilmayib qo‘ydi. Keyin qo‘limizga kredit kartasiga o‘xshash plastik karta berdi. Boshqa bir ko‘ngilli hizmatchi bizni ovoz berish elektron apparatlari oldiga olib borib, agarda shu uskunadan qanday foydalanish haqida savollarimiz bo‘lsa, bemalol undan so‘rashimiz mumkinligini bildirib qo‘ydi.

Saylov uchastkasiga peshinda borganimiz uchunmi, yoki shahrimizda saylov yaxshi tashkillashtirilgani boismi, xar xolda uzun navbatlarni ko‘rmadim. Odamlar tartib bilan ro‘yxatdan o‘tgach, birma-bir ovoz berib, uchastkadan chiqib ketishar edi. Keksalar va nogironlar uchun mahsus joylar xam tayyorlab qo‘yishibdi.

Aytish kerakki, saylovdan oldin bizga pochta orqali saylovda prezident va vitse-prezidentni saylashdan tashkari, yana qanday masalalar bo‘yicha ovoz berilishini tushuntiruvchi kitobchalar keldi. U yerda elektron mashinasidan foydalanish bo‘yicha ham ko‘rsatmalar berilgan edi. Shuning uchun, ovoz berish paytida elektron uskunani ishlatish ancha oson buldi. Ovoz berish kartsini apparatga soldimu, nomzodlarni tanladim, bir necha masalalar bo‘yicha munosabatimni bildirdim. So‘ngra, javoblarim yozib olingan kartani chiqarib olib, uni quti ushlab turgan qizchaga topshirdim. Ko‘zim oldida karta qutiga solindi. Mana, men xam hayotimda ilk bor o‘z xohishimga binoan, o‘zim tanlagan nomzodga ovoz berdim. Qizcha qo‘limga "Men ovoz berdim" degan stiker yozuv berdi. Men uni g‘urur bilan kamzulim ustiga yopishtirib qo‘ydim.

O‘g‘lim saylov uchastkasi hodimasidan natijalar qachon ma‘lim bo‘lishini so‘radi. Hodima ovoz berish jarayoni kechqurun soat yettida tugashi, va shundan keyin hamma ovozlar sanala boshlanishini bildirdi. "Demak, kechasi bilan uxlamay chikarkanmiz, saylov natijalarini poylab", deb hulosa qildik. Shunday bo‘lib chiqdi ham.

Uyga qaytib kelgach, butun e‘tiborimiz televizorga qaratildi. Hammamiz diqqat bilan shtatma- shtat e‘lon qilina boshlagan natijalarni kuzatib o‘tirdik. Nihoyat, Barak Obama g‘alaba qozongani e‘lon etishdi. "Hayriyat", deb yengil tortdim.

Elektron pochtamni ochsam, Prezident Obama nomidan maktub kelibdi. Unda Obama uning g‘alabasi menga o‘xshagan minglab odamlar shijoati va harakatlari mevasi ekanini aytib, uni ko‘llagan har bir odamga o‘z minnatdorchiligini izhor qildi.

Mening ilk erkin saylovda qatnashishim mana shunday ko‘tarinki ruhda o‘z poyoniga yetdi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.