BBC navigation

Prezident Obama ikkinchi muddatga saylandi

Сўнгги янгиланиш 7 ноябр 2012 - 11:28 GMT

"Men hech qachon bunchalar umidga to‘lib toshmaganman", - dedi Barak Obama g‘alabasi ortidan

Prezident Barak Obama Respublikachi raqibi Mitt Romnini mag‘lub etib, ikkinchi muddatga saylangan.

Amerikaning ilk qora tanli prezidenti saylovchilar kollegiyasining poygada g‘olib chiqish uchun zarur bo‘lgan 270ta ovozini yig‘ishga muvaffaq bo‘lgan.

Chikagoda o‘z tarafdorlari qarshisida g‘alaba nutqini qilgan janob Obama Mitt Romni bilan AQShni yanada rivojlantirish bo‘yicha suhbatlashishini aytdi.

Janob Obama xalq orasidagi iqtisodiy ahvoldan norozilik, hamda janob Romnining jiddiy muxolifatiga qaramay g‘olib chiqdi.

Demokratlar 2007 yildan beri Senatda egallab kelayotgan aksar o‘rinlarni ham saqlab qolishgan, Respublikachilar esa Vakillar palatasi ustidan nazorat qilishmoqda.

BBCning Chikagodagi muxbiri Mark Mardelga ko‘ra, prezident o‘z raqiblarini birga ishlashga chaqirmoqda.

Floridadagi 29ta saylov okruglarining ovozlari hali ham hal qilinmay qolar ekan, janob Obama 303tasini yutgan, Romni janoblari esa - 206tasini.

Poygani hal qilmasada, ramziy va siyosiy jihatdan muhim deb ko‘rilgan shaxsiy ovozlar bo‘yicha ikki nomzod deyarli teng ketmoqda.

Janob Obama bayram kayfiyatidagi tarafdorlarini tabrikladi, hamda janob Romni va vitse prezidentlikka nomzod Pol Rayanni olib borgan kurashlari uchun olqishladi.

"Biz yana qayta oyoqqa turdik, va chin yuragimizdan bilamizki, Amerika Qo‘shma Shtatlarini hali bundanda yorqin kunlar kutmoqda", - dedi janob Obama.

Prezident Oq Uyga yanada qattiqroq ishlashga bel bog‘lab qaytayotganini bildirdi.

Janob Romni mag‘lubiyatni tan olar ekan, Obama uchun duo qilishini aytdi.

U hukumatning byudjet defitsitini kamaytirish, soliqlar bo‘yicha qonunlarni sozlash va migratsion tizimni isloh qilish yo‘lida Kongressdagi Respublikachilar bilan birga ishlashga va‘da berdi.

"Biz hammamiz bir amerikalik oila farzandlarimiz", - dedi janob Obama.

Bostonda nutq so‘zlagan janob Romni prezidentni tabrikladi va o‘zi va janob Rayan butun vujudlari bilan kurashganlarini aytdi.

Oqsayotgan iqtisod haqida gapira turib, janob Romni hozir "siyosiy tortishuvlar" vaqti emasligi, hamda Respublikachilar va Demokratlar "siyosatdan ko‘ra xalqni" ko‘proq o‘ylashi kerakligini aytdi.

"Qaniydi sizlarning umidlaringizni oqlab, bu mamlakatga rahbarlik qilsam, lekin xalqimiz boshqa rahbarni tanladi, shunday ekan men ham sizlarga qo‘shilib, uning uchun va bu buyuk millat uchun duo qilaman", - dedi u.

AQSh konstitutsiyasiga binoan, har bir shtatga o‘z aholisiga proportsional ravishda ovoz berish huquqi beriladi. 270ta ovozni yig‘a olgan nomzod prezident etib saylanadi.

Seshanba kuni, prezident tarixdan Demokrat bo‘lib kelgan shtatlarni o‘z tomonida saqlab qoldi, va Kolorado, Ayova, Pensilvaniya, Michigan, Minnesota, Virjiniya va Viskonsin kabi qarorsiz shtatlarni o‘ziga og‘dira oldi. O‘ta muhim sanalgan Ogayo shtatidagi g‘alabasi Barak Obamaning ikkinchi muddatini ta‘minlab berdi.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.