BBC navigation

Qirg‘iziston janubida ekstremist oqimlar ta‘siri kuchlimi?

Сўнгги янгиланиш 8 ноябр 2012 - 15:42 GMT

Qirg‘izistondagi vebsahifalardan biri mamlakat janubida ekstremist oqimlar ta‘siri ortib borayotganidan xavotir bildirilgan.

Maqolada janubidagi minglab odamlar Hizbut Tahrir, Tablig‘i jamoat, Nurchilar, Sulaymoniya va hatto nasroniylar mansub "Tangri shohidlari" hamda "Ettinchi kun maslahatchilari" kabi diniy oqimlar ta‘siriga tushib qolayotganlari yoziladi.

Mazkur holatga esa, mahalliy mulozimlar faol emasligi va huquq-tartibot organlari bu kabi diniy tarmoqlarga qarshi kurashda sustkashlik qilayotganlari sabab o‘laroq keltiriladi.

Mazkur makolada yozilishicha, nokonuniy tashkilotlar shunday muvaffakiyatlarga mablag‘ va boshka vositalar tarkatish orkali erishgan. Va o‘sha tashkilotlar faollari oddiy dehqonlardan to davlat arboblari orasida tashviqot ishlarni yuritishmoqda.

Internetda chop etilgan maqolada diniy-ekstremistik oqimlar odamlar ongini zaharlamoqda, degan bitim chiqarilib, ertaga ular hokimiyatga kelib qolmasin, deb xavotir bildiriladi.

Din ishlari bo‘yicha davlat qo‘mitasiga mavzu yuzasidan murojaat etganimizda, idora xldimlari boshliqlar ular ayni paytda ommaviy tadbirda ekanligi va shu tufayli hozircha javob bera olmasligini aytgan.

Qirg‘izistondagi musulmon ayollarning birlashtirgan "Mutakalim" nodavlat tashkiloti raisasi Jamol Frontbek qizi davlatning nafaqat janubida, balki, butun mamlakat bo‘ylab turli-tuman noodatiy diniy oqimlar bosib kirib bormoqda, degan fikrlarni qo‘llaydi:

- So‘nggi chorak asr davomida davlatimizga ham musulmon, ham nasroniylarning xavfli terroristik va ekstremistik yunalishdagi okimlari bostirib kirib kelgan. Qo‘shnilarimiz O‘zbekiston yoki Tojikiston kabi, biz o‘sha oqimlar ildizlari hali mustahkamlanib ketmasidan, keskin chora ko‘rsak bo‘lardi. Ayni paytda esa ular ildiz otishiga sharoit yaratdik, ular mustahkamlanib oldi", - deydi Jamol Frontbek qizi.

Janubiy O‘sh shahrida faoliyat yuritadigan inson huquqlari ximoyachisi Ravshan Gapirov diniy ekstremizm yuzasidan xavotirlik bildirgan odamlar fikriga umuman ko‘shilmaydi:
- Dinga berilsa endi "bu ekstremist", "bu terrorist" degan gap emasku? Dinga berilganlar yaxshi axloklar bilan, yaxshi, halol ishlari bilan o‘zini kursatadi. Va shunday narsalarga boshka odamlarni chakiradi, "Diniy kuz karash bilan yuringlar, yomonlik emas, yaxshilik kilinglar", deb. Endi men kuplarini ichida yuraman, ulardan men yomonlikga yoki bironta joylarni portlatishga, birovni bior xarakatlarga majburlashga islom dinida xech kachon urgatilgan emas va men urgatilganini eshitganim xam yuk.
Ba‘zi diniy partiyalar va birlashmalar a‘zolari, aksincha, xukumat uzi ularni nokonuniy xarakat yuritishda gumon kilib, kuvishga olganligini aytishadi.

Ayni damda musulmonlarning “Axmadiya” jamoati shu kunga kadar Din ishlari buyicha davlat kumitasi tomonidan rasmiy ruyxatga kiritilmaganligi tugrisida mazkur jamoa a‘zosi Foziljon Oxunboyev bildiradi:

- 2002 yildan 2012 yilgacha mana bizga faoliyat yuritish uchun xech ruxsatnoma bermayotir. Sunggi turt-besh yil davomida bizga xatto "terroristlar", "ekstremistlar" deya tamga takishganlikdan, biz rasmiylar ustidan maxkamaga berdik. Va kolaversa, maxkamada galaba kozondik. Shunga karamasdan, biz Din ishlari buyicha davlat komissiyasiga sunggi marotaba bir oy oldin navbatdagi murojaatnoma yuborgandik. Lekin konuniy diniy tashkilotlar ruznomasiga bizni shu kunga kadar kiritishmagan.

Internet saxifalarning birida chop etilgan makolalarni inson xukuk faoli Ravshan Gapirov avval xech eshitmagan axamiyatli vokea deb xisoblamaydi ekan. Va tinch xolda xarakat kilayotgan tashkilotlarga karshi davlat uzi igvogarlik kilayapdi, degan fikrda:

- Kurmaysizmi, ular uzlari yasama ravishda terroristlar sonini kupaytirishmokda. Bularni ba‘zi jurnalistlar xam kullab-kuvvatlab, "Xakikatan, davlat janubida terroristlar va diniy ekstremistlar kupaygan, xavf kuchayib bormokda", deb yozishmokda. Amalda esa terroristlar xam, diniy ekstremistlar xam yuk. Ular bulganda edi, men ularni kurar edim ku”.

Shundan ikki xafta oldin Kirgiziston xukumati davlatda faoliyati man etilgan sakkizta nokonuniy tashkilotlar ruyxatini e‘lon kilgan. Umuman sakkizta nokonuniy tashkilotlar ruyxatiga, "Al-Koyida", "Tolibon", "Sharkiy Turkiston islomiy xarakati"dan tashkari, "Kurdlar xalk kongressi" va "Xizbu-Taxrir" islomiy partiyasi xam kiritilgan.

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.