BBC navigation

BBC bosh direktori Jorj Entvistl iste‘fo berdi

Сўнгги янгиланиш 12 ноябр 2012 - 14:58 GMT

BBC Muassislar Kengashi raisi Lord Patten Jorj Entvistl munosib ish tutayapti, degan.

Britaniya Radiokorporatsiyasi Bosh direktori Jorj Entvistl BBCning Newsnight tahliliy teledasturi ortidan yuzaga chiqqan mojaro tufayli o‘z lavozimidan iste‘fo berishini e‘lon qilgan.

2 noyabrda efirga uzatilgan Newsnight dasturi voyaga yetmaganlarning jinsiy tahqirlanishi mavzusiga bag‘ishlangan.

Dasturda qatnashgan Uelsdagi bolalar uyining sobiq tarbiyalanuvchilaridan biri jinsiy zo‘ravonlardan biri Konservativ partiyaning yuqori lavozimdagi siyosatchilaridan biri bo‘lganini aytgan.

Biroq u siyosatchi nomini tilga olmagan.

Teledasturdan keyin bu Bosh vazir Margaret Tetcher davridagi Alister Makkelpayn ekani haqidagi maqolalar paydo bo‘lgan.

Alister Makkelpayn pedofiliya da‘volarini rad etdi, pedofildan jabrlanganlardan biri Stiv Messem o‘z so‘zlari uchun undan rasman kechirim so‘ragan va lord Makelpayn boshqa kishi uchun aybdor bo‘lib qolganini aytgan.

Jorj Entvistl ham Makelpayndan uzr so‘ragan, efirga ketgunicha ko‘rsatuvni ko‘rmaganini bildirgan.

"Bosh direktor bosh muharrir ham hisoblanib, barcha dasturlar mazmuni uchun mas‘ul hisoblanishi munosabati bilan va 2 noyabr juma kuni namoyish etilgan Newsnight dasturining jurnalistik standartlarga mos kelmagani munosabati bilan men bosh direktorlik lavozimidan ketish o‘zim uchun sharafli ish degan qarorga keldim", deya e‘lon qilgan Jorj Entvistl.

U o‘z iste‘fosi haqida e‘lon qilgan paytda yonida turgan BBC Muassislar Kengashi raisi Lord Patten Jorj Entvistl munosib ish tutayapti, degan va bu kunni o‘z hayotidagi eng qayg‘uli kunlardan biri deb atagan.

Lord Patten bosh direktor Jorj Entvistlning iste‘fosi orqasidan korporatsiya rahbarlik strukturasini keng miqyosda ko‘rib chiqish kerakligini aytgan.

Ayni paytda Lord Patten o‘z vazifasini qolishini, yangi bosh direktor yaqin haftalarda saylanishini bildirdi.

Jorj Entvistl bosh direktorlik lavozimida bor-yo‘g‘i 54 kun ishlagan.

Kuzatuvchilarga ko‘ra, BBC obro‘siga jiddiy putur yetqazildi, shu bilan birga korporatsiyaga otiladigan tanqidlar o‘qi ostida vaqtincha rahbarsiz qoladiganga o‘xshaydi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.