BBC navigation

Suriya havo kuchlari Turkiya yaqinidagi hududlarni bombaladi

Сўнгги янгиланиш 12 ноябр 2012 - 14:27 GMT

Suriyadagi ichki urush Turkiya aholisi tinchligini ham buzgan

Suriyadan kelayotgan xabarlarga ko‘ra, hukumat kuchlari Turkiya chegarasiga yaqin hududlarni havodan bombalagan.

Dastlabki ma‘lumotlarga ko‘ra, o‘lganlar va yaralanganlar bor.

Al-Jazira televizion kanali tarqatgan xabarda aytilishicha, Turkiya chegarasiga yaqin Ras al-ayn aholi punktiga hujum natijasida kamida olti inson halok bo‘lgan.

Turkiya ommaviy axborot vositalari ma‘lumotiga ko‘ra, bombalash oqibatida ellikka yaqin inson qurbon bo‘lgan.

Ammo bu xabarlarni boshqa manbalar tasdiqlashgani yo‘q.

Turkiyaning NTV va CNN Turk televizion kanallari tarqatgan xabariga ko‘ra, havo hujumlari ortidan chegara yaqinidagi aholi maskanlarida kuchli portlashlar ro‘y bergan.

Portlash zarbidan Turkiyaning Jeylanpinar shaharchasida bir necha odam jarohat olgan.

Ularni shifoxonalarga yotqizdik, deb aytgan shahar hokimi Ismail Aslan.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.