BBC navigation

Qozoq-Xitoy chegarasidagi qirg‘inda ayblanayotgan askar ustidan mahkama boshlandi

Сўнгги янгиланиш 13 ноябр 2012 - 16:42 GMT

Vladislav Chelaxning qotilliklarni sodir etganini tan olgan videosi namoyish etilgan.

Qozoq-Xitoy chegara postidagi qirg‘inda ayblanayotgan chegarachi Vladislav Chelax ustidan mahkama boshlangan, u 14 chegarachi va bir o‘rmon qo‘riqchisini o‘ldirish va jasadlarini yoqib yuborishda ayblanmoqda.

Qozoq rasmiylariga ko‘ra, 31 may kuni Qozog‘iston bilan Xitoy chegarasida faqat yilning issiq oylarida o‘rnatiladigan vaqtinchalik "Arkankeren" chegara postida 14 chegarachi va bir o‘rmonchining kuyib ketgan jasadlari topilgan.

Prezident Nazarboyev yuz bergan hodisani terror amali deb atagan, mamlakatda bir kunlik motam e‘lon qilingan.

Qo‘lga olingan yagona tirik qolgan askar Vladislav Chelaxning xizmatdoshlarini o‘ldirganini tan olganini aytganlar Qozoq rasmiylari.

Qozog‘iston prokuraturasi 19 yoshli askarning xizmatdoshlarini o‘ldirgani iqrori yozib olingan videoni namoyish etgan.

Biroq askarning yaqinlari va advokati bu iqrorliklarni qiynoq va bosimlar ostida olinganini aytib kelishadi.

Mahkama Toldiqo‘rg‘on shahrida boshlangan.

Qozoq rasmiylari mahkamaning ochiq ravishda o‘tishi va xohlagan kishi bu mahkama jarayonini kuzatishi mumkinligini aytishgan.

Vladislav Chelax Qozog‘iston Jinoyat Kodeksining to‘qqiz bandi bo‘yicha ayblanmoqda.

Mahkamaning boshlanishida ayblanuvchi jarayonning hakamlar hay‘ati maslahatlashuvi shaklida emas, professional sud tomonidan olib borilishini so‘ragan.

Sababi, deydi Vladislav Chelaxning himoyachisi Serik Sarsenov BBC bilan suhbatda, ikki mahkamaning ham adolatli o‘tishiga ishonch yo‘q.

"Biroq agar ishni maslahatchilar hay‘ati ko‘rib chiqsa, keyin hokimiyatning qo‘lida "ko‘zir karta" bo‘ladi. Ular bu mahkama qarori - "xalqning irodasi" bo‘ldi, deyishlariga asos bo‘ladi", deydi Serik Sarsenov.

Qozog‘iston prokuraturasi bir necha kun oldin dastlabki tergovni yakunlab, jinoyat ishini mahkamaga oshirgan.

Ayblov tomoniga ko‘ra, Vladislav Chelax shaxsiy nafrat tufayli chegarachi xizmatdoshlarini o‘ldirgan.

Biroq uning advokati Serik Sarsenov Chelaxning ushbu qotilliklarda aybdor ekani isbotlangani yo‘q.

Chelaxning aybdorligi iqrorlari esa qiynoqlar natijasida qo‘lga kiritilgan, deydi Serik Sarsenov.

"Bu iqrorliklarda bir-biriga mutlaqo zid keladigan ko‘rsatmalar keltirilgan. Bu iqrorliklar hodisa joyini tekshirish payti tuzilgan protokollarga to‘g‘ri kelmaydi. Ishdagi ayrim ekspertizalar soxtalashtirilgan. Ishda hamma versiyalar ko‘rib chiqilishi kerak edi, bu narsa yo‘q. Aybsizlikning barcha vajlari inobatga olinmagan. Shuning uchun ham biz buni mahkama emas, Chelaxni tavqi-la‘natga solish tomoshasi bo‘ladi, deb hisoblaymiz", dedi advokat Serik Sarsenov.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.