BBC navigation

Devid Petreus bilan bog‘liq mojaro yanada kengaymoqda

Сўнгги янгиланиш 14 ноябр 2012 - 10:56 GMT

Ikki general mojarosida ham Jill Kelli nomi tilga olinmoqda.

AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondoni general Jon Allen ustidan ham tekshirish boshlangan.

General Allen AQSh Markaziy Istig‘borot Boshqarmasi rahbari Devid Petreusning lavozimidan ketishiga aloqador deb ko‘rilayotgan ayolga "nomaqbul" maktublar yozganlikda gumon qilinmoqda.

Gap Jill Kelli ismli ayol haqida bormoqda.

Jill Kellining Federal Qidiruv Byurosiga qilgan shikoyati ushbu mojaro kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.

Rasmiylarga ko‘ra, yakshanba kuni AQSh Federal Qidiruv Byurosi boshlangan tergovni Pentagonga o‘tkazgan.

Yuzaga kelgan mojaro tufayli general Jon Allen nomzodining NATOning Ovro‘podagi bosh qo‘mondoni lavozimiga ilgari surish ortga surilgan.

General Allen bilan Jill Kelli o‘rtasidagi bir necha ming sahifalik elektron yozishma tekshirilayotgani haqida xabar qilingan.

AQSh Mudofaa vaziri Leon Panetta general Allenni hozircha o‘z lavozimida qoldirgan, biroq AQSh Senati qo‘mitasidan uning o‘rniga general Jozef Danford nomzodini tasdiqlab berishni so‘ragan.

Jill Kelli Florida shtatidagi Tampa shahridagi harbiy bazada ko‘ngilli bo‘lib ishlagan, turmushga chiqqan ayol.

Tampa shahri AQSh Markaziy Qo‘mondonligi joylashgan shahar hamdir.

Kelli xonim va general Petreuslar oilasining o‘zaro do‘st bo‘lishgani xabar qilingan.

Shu yil yoz boshlarida Jill Kelli anonim elektron pochta manzilidan tahdidomuz xatlar olayotgani haqida qidiruv byurosiga murojaat qilgan.

FBR tekshiruvi e-maillar Paula Brodvelldan kelganini aniqlagan.

40 yoshli Paula Brodvel general Devid Petreus haqida kitob yozgan ilmiy tadqiqotchi.

2011 yilda uning "Hammasi birga: general Devid Petreusning bilimi" (All In: The Education of General David Petraeus) deb nomlangan kitobi nashr etilgan.

Paula Brodvel kitob uchun ma‘lumot to‘plash vaqtida general Petreus bilan Afg‘onistonda bo‘lgani xabar qilingan.

Jill Kelliga Paula Brodvel yozgan elektron maktublar tekshirilar ekan, uning general bilan ishqiy sirlari ham oshkor bo‘ladi.

Paula Brodvel oilasi bilan yashaydigan Shimoliy Karolinadagi uyida 12 noyabr kuni Federal Qidiruv Byurosi xodimlari tintuv o‘tkazishgan.

Tintuv so‘nggida kompyuter va bir necha qutilar olib ketilgan.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.