BBC navigation

G‘azo bo‘lgasiga borgan Misr bosh vaziri vaziyatni halokat deb ta‘rifladi

Сўнгги янгиланиш 16 ноябр 2012 - 14:04 GMT

Isroil havo hujumlariga tutayotgan G‘azo bo‘lgasiga safar qilgan Misr Bosh vaziri Hishom Qandil Isroil amaliyotlarini halokat deb atagan.

Uch soatlik qisqa safari mobaynida Misr bosh vaziri Isroil hujumlarini qoralagan, Isroilning agressiyasi to‘xtatilishi kerak, degan.

Janob Qandil mahalliy shifoxonani borib ko‘rgan, falastinlik siyosatchilar bilan suhbatlashgan.

Muxbirlarga ko‘ra, G‘azoning eng katta shifoxonasiga Misr Bosh vaziri Hishom Qandil borgan paytda u yerga bir erkak va ikki yashar bolaning jasadi keltirilgan.

Janob Qandil G‘azoda uch soat davomida bo‘ladi, bu vaqt oralig‘ida tomonlarning otashkesimga kelishiga umid qilinmoqda.

Isroil tomoni G‘azodan raketa hujumi bo‘lmasa, o‘z harakatlarini to‘xtatishga va‘da bergan.

Isroilning G‘azoga havo hujumida HAMAS rahbarlaridan Ahmad Jabboriyning o‘limi ortidan, chorshanba kundan buyon HAMAS va Isroil o‘rtasida raketa hujumlari davom etmoqda.

Isroil armiyasi bu falastinlik jangarilarga qarshi harbiy amaliyotlarning boshlanishi, deb aytgan.

Oldinroq Isroil Mudofaa vaziri Yoxud Barak zahiradagi 30 ming kishini armiya xizmatiga chaqirilishini so‘ragan edi.

Isroil armiyasi juma kuni G‘azoga qarshi quruqlikdagi janglar ehtimolidan 16 ming zahiradagi askarlarni xizmatga jalb qilinganini e‘lon qildi.

G‘azoga havo hujumlari boshlangan chorshanba kundan buyon kamida 20 falastinlik va uch isroillik fuqarolar halok bo‘lgan.

Falastin rasmiylariga ko‘ra, halok bo‘lganlarning beshtasi bolalar.

Jumaga o‘tar kechasi Isroil G‘azoning 130 ta ob‘ektini bombardimon qilgan.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.