BBC navigation

Devid Bekhem "Los-Anjeles Gelaksi"ni tark etadi

Сўнгги янгиланиш 20 ноябр 2012 - 16:31 GMT

"Frans press" axborot agentligining xabar berishicha, Angliya milliy terma jamoasi va "Manchester Yunayted" klubi sobiq sardori 1 dekabr kuni Amerika klubi bilan xayrlashadi.

O‘z vaqtida ingliz futbolining eng yorqin yulduzlaridan bo‘lgan futbolchi shu kuni Amerika va Kanada Oliy ligasining Kubogi uchun "Xyuston Dinamo" klubiga qarshi so‘nggi bor maydonga tushadi.

"Los-Anjeles Gelaksi" 37 yoshli Devid Bekhem bilan besh yil burun shartnoma imzolagan va klub o‘tgan yili AQSh chempionligini ham qo‘lga kiritgandi.

Taniqli futbolchi shu yilning yanvar oyida "Gelaksi" bilan shartnomasini yana ikki yilga uzaytirgandi.

Eng mashhur futbolchi

Devid Bekhem o‘zining "Los-Anjeles Gelaksi" klubiga o‘tish qarori bilan Shimoliy Amerika Oliy ligasi asos solingan 1996 yildan buyon Amerika maydonlarida to‘p surgan eng mashhur futbolchiga aylangandi.

Amerika klubiga o‘tmasidan avval Devid Bekhem Ispaniya nahanglaridan biri - Madridning "Real" klubida to‘p surgan.

Angliyalik yarim himoyachi jahon futboli yulduzlari to‘p suruvchi "Real"ga 2003 yilda "Manchester Yunayted" jamoasidan o‘tgandi.

Devid Bekhem qizil iblislar safida olti bor Angliya, "Real"(Madrid) saflarida esa, bir bor Ispaniya chempioni bo‘lgan.

Devid endi nima qilmoqchi?

Agar, xabarlarga qaralsa, Devid Bekhem Shimoliy Amerika Oliy ligasidagi klublardan biriga hamsohiblik qilmoqchi.

Yaqinda yulduz futbolchiga Frantsiyaning "Pari-Sen-Jermen", Avstraliya va Xitoyning qator klublari qiziqish bildirishayotganiga oid xabarlar ham paydo bo‘lgandi.

Devid Bekhemning o‘zi esa, "futbolchi sifatida karьerasini yakunlashdan avval so‘nggi bor o‘z kuchini sinab ko‘rish" istagida ekanini aytmoqda.

Kuni-kecha Avstraliyaning "Melburn Hart" klubi futbolchi bilan muzokaralar olib borayotganini e‘lon qildi.

Ammo Bekhemning vakili uning Avstraliyada to‘p surish rejasi yo‘qligini aytib chiqdi.

Devid Bekhemning o‘zi bugun - seshanba kuni Los-Anjelesda berajak matbuot anjumanida yaqin kelajakdagi rejalari bilan o‘rtoqlashmoqchi.

------------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.