BBC navigation

Nikolay Bordyuja: O‘zbekiston yana ODKBga qaytishi mumkin

Сўнгги янгиланиш 20 ноябр 2012 - 17:16 GMT

2012 yildan O‘zbekiston ODKB a‘zoligini to‘xtatishini e‘lon qildi.

Moskvada Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti tuzilganining 20 yilligiga bag‘ishlangan anjumanda gapirgan tashkilot Bosh kotibi Nikolay Bordyuja so‘zlariga ko‘ra, AQSh qo‘shinlari chiqib ketib Afg‘onistondagi vaziyat yomonlashganidan keyin O‘zbekiston ODKBdagi ishtirokini qayta tiklashi mumkin.

"Mening nazarimda paytavasiga qurt tushib qolgach, vaziyat butkul o‘zgaradi. Bunaqa ahvol bo‘lgan edi-ku. O‘ylaymanki, bu uzoq davom etmaydi", deb aytgan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti Bosh kotibi Nikolay Bordyuja.

Muxbirlarga ko‘ra, janob Bordyuja agar O‘zbekiston ODKB a‘zoligiga qaytishni yana xohlab qolsa, O‘zbekiston safidan chiqqan paytida tashkilot doirasida qabul qilingan majburiyatlarni o‘z zimmasiga olishi lozim bo‘ladi.

Bosh kotibdan, agar O‘zbekiston yana ODKB safiga qaytsa, avvalgidek siyosatini, ya‘ni tashkilotning qo‘shma tadbirlarida qatnashishdan bosh tortish siyosatini yana davom ettirishi mumkinmi, deb so‘ralgan.

"Bunday ahvol endi bo‘lmaydi", deya javob qaytargan Nikolay Bordyuja.

Uning aytishicha, 2014 yilda Afg‘onistondan AQSh qo‘shinlarining olib chiqilishi nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyoda xavfsizlik vaziyati yomonlashishini anglatadi.

"Hozirning o‘zida Afg‘oniston chegaralaridan oshib o‘tishga tayyor otryadlar bor", deb aytgan ODKB bosh kotibi.

O‘zbekiston shu yil yozidan Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotidagi a‘zoligini to‘xtatib qo‘yishga qaror qilgandi.

Tashkilot bosh kotibi so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonning a‘zolikdan chiqib turgani ODKB faoliyatigi salbiy ta‘sir qilmagan, aksincha "Toshkent to‘sqinlik qilib kelgan ko‘p qarorlarni hal qilish" imkoniyatini tug‘dirgan.

Nikolay Bordyuja aytishicha, endi tashkilotning kolektiv xavfsizlik tizimini barpo etishga hech narsa xalaqit qilmaydi.

19 dekabrda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotining yig‘ilishini Moskvada o‘tkazishga kelishilgan.

Bu uchrashuvda a‘zo mamlakatlar O‘zbekistonni tashkilot safidan chiqarish masalasini ko‘rib chiqishlari xabar qilingan.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.