BBC navigation

O‘smirlikda mushaklaringiz baquvvat bo‘lsa uzoq umr ko‘rasiz...

Сўнгги янгиланиш 21 ноябр 2012 - 14:51 GMT

Shvetsiya olimlari o‘tkazgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, yoshligida oyoq va qo‘l mushaklari zaif bo‘lgan insonlar erta vafot etishlari ehtimoli ko‘proqdir. Ayniqsa erkaklar.

Tadqiqotni o‘tkazgan guruhning taxmin qilishicha, kuchli mushaklar umumiy jismoniy baquvvatlik belgisi bo‘lishi mumkin va kuchli mushaklar bilan hayot uzunligi o‘rtasidagi bog‘liqlikni shu bilan izohlash mumkindir.

Lekin olimlarga ko‘ra, bu mushaklarni kuchliroq qilish uchun mashqlar bajarish bilan hayotni uzunlashtirish mumkinligini anglatmaydi.

Aytilishicha zaif mushakli ham ozg‘in va ham semiz erkaklar hayot uzunligi kamroq bo‘lishi aniqlangan. Ammo mushaklari baquvvat bo‘lib, semiz bo‘lgan erkaklarning hayotlari uzunroq bo‘lgan.

Mushaklari baquvvatroq bo‘lgan o‘smirlarning har qanday omillar tufayli olamdan o‘tishlari 20-35 foizga kamroq bo‘lgan.

Ruhiy kasalliklar va ruhiy tushkunlikka tushish esa ular orasida 65 foizgacha kamroq bo‘lgan.

Hammalari Shved armiyasiga chaqirilayotgan vaqti tekshiruvdan o‘tkazilgan o‘smirlarni biron narsani qattiq ushlash, oyoqlari bilan mashq bajarish so‘ralgan.

Tadqiqot 24 yil mobaynida millionga yaqin o‘smirning hayot mobaynida olib borilgan.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.