BBC navigation

Oshuro kuni arafasida xavfsizlik xavotirlari

Сўнгги янгиланиш 23 ноябр 2012 - 13:19 GMT

Dunyodagi Shia musulmonlari Oshuro kuni sanasini nishonlashni boshlaganlar, qator mamlakatlarda xavfsizlik choralarini kuchaytirishga qaror qilingan.

Afg‘onistonda 24 noyabr shanba kuni Shia musulmonlari Muhammad Payg‘ambar(SAV) nabirasi Imom Husaynning VII asrda o‘ldirilgan kunini motam kuni sifatida nishonlaydilar.

Shu munosabat bilan Afg‘oniston poytaxti Kobulda xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Shaharning turli burchaklarida avtomobillar tekshirilmoqda.

O‘tgan yili Oshuro kuni Shialar maqbarasida xudkush hujumchi o‘zini portlatgani oqibatida 56 inson halok bo‘lgan, 160 dan ortiq kishi jarohatlangan edi.

Mamlakatning boshqa joylarida ham uyushtirilgan hujumlar oqibatida 80 ga yaqin inson hayotdan ko‘z yumgan edi.

Bu Afg‘onistonda Tolibon qudratdan chetlatilganidan keyin mamlakatda sodir etilgan eng katta mazhablararo hujum bo‘lgan.

O‘tgan yili Oshuro kunidagi hujumlarda Afg‘onistonda 80 ga yaqin inson halok bo‘lgan.

Oshuro marosimlari 23 noyabr juma kuni Pokistonning ham turli burchaklarida boshlangan.

Shu munosabat bilan Pokiston Ichki ishlar vaziri Rahmon Malik keyingi uch kun xavotirli kunlar bo‘lishi, terrorchilik xurujlari yuz berishi mumkinligidan ogohlantirgan.

Shialar ko‘p yig‘iladigan joylar atroflarini o‘rab olish payshanba kunidan boshlangan.

Ayrim shaharlarda ikki kun mobaynida mobil aloqa o‘chirilishi haqida xabar qilingan.

Iroqning Karbalo va Al-Qadimiya shaharlari dunyo Shia musulmonlari uchun muqaddas shaharlar hisoblanadi.

Bu shaharlarda ham Oshuro kuniga tayyorgarlik boshlangan, xavfsizlik choralari kuchaytirilgan.

Oshuro kunida motam tutishni, Shialarning boshqa amallarini Sunniy musulmonlar Islom dini sunnatiga zid bid‘at deb biladilar.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.