BBC navigation

Rossiya prokuraturasi: Ikromjon Mamajonov O‘zbekistonga deportatsiya qilinadi

Сўнгги янгиланиш 23 ноябр 2012 - 12:49 GMT

O‘zbekiston fuqarosi Moskva-Bishkek poyezdi Orenburg stantsiyasiga kelganida hibsga olingan.

Rossiya Bosh prokuraturasi e‘lon qilishicha, shu yil iyun oyida Orenburg shahrida hibsga olingan O‘zbekiston fuqarosi Ikromjon Mamajonovni O‘zbekistonga topshirishga qaror qilgan.

Rossiya prokuraturasi O‘zbekiston Bosh prokuraturasining Mamajonovni deportatsiya qilish so‘rovini qondirayotganini ma‘lum qilgan.

O‘zbekiston Bosh prokuraturasiga ko‘ra, Ikromjon Mamajonov "Islomiy Jihod Ittifoqi"ning tashkilotchilaridan biri deb gumon qilingan.

O‘zbek rasmiylari Ikromjon Mamajonovni uch yil oldin xalqaro qidiruvga bergan.

Unga terrorizm, "Islomiy Jihod Ittifoqi"ni tuzish va unga a‘zolik qilish, O‘zbekiston chegarasini noqonuniy kesib o‘tish ayblovlari qo‘yilgan.

Rossiya rasmiylariga ko‘ra, Ikromjon Mamajonov iyun oyida Bishkekdan Moskvaga ketayotgan poyezd Orenburg stantsiyasiga yetib kelgan payti hibsga olingan.

Rossiya Transport prokuraturasiga ko‘ra, gumondagi o‘zbekistonlik qo‘lida soxta Qirg‘iziston pasporti bo‘lgan, ana shu pasport asosida Rossiya fuqarosi pasportini ham qo‘lga kiritgan bo‘lgan.

Rossiya rasmiylari soxta hujjatdan foydalanish ishi bo‘yicha jinoyat ishi ochganlari va tergov o‘tkazganlarini xabar qilganlar.

Rossiyada bundan oldin O‘zbekiston so‘rovi bo‘yicha o‘zbekistonliklarning hibsga olingani inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlarining tanqidlariga sabab bo‘lgan.

Rossiyalik faollar mutlaqo aybsiz insonlarning soxta ayblovlar bilan O‘zbekiston huquq-tartibot organlarining ixtiyoriga topshirilgani haqida xabarlar tarqatganlar.

Xususan, taniqli rossiyalik inson huquqlari himoyachisi Yelena Ryabinina aytishicha, O‘zbekiston Bosh prokuraturasi muayayn shaxsning gunohkorligi borasida Rossiya idoralariga taqdim etgan hujjatlarning "absurd darajaga yetgan"i aniqlangan hollar ham bo‘lgan.

Misol tariqasida Yelena Ryabinina alkogol ichimliklarni muntazam iste‘mol qiladigan va O‘zbek porkuraturasi talabi bilan Rossiyada hibsga olingan o‘zbekistonlik voqeasini keltiradi.

Bu kishi bir necha namozxon kishilar bilan birga Rossiyaga pul ishlash uchun yo‘l olgani uchun bu guruh a‘zolarining hammasiga O‘zbekiston hududida noqonuniy diniy tashkilot a‘zosi degan mazmunda jinoyat ishlari rasmiylashtirilgan.

Shu yo‘sinda mast odam diniy ekstremistlik gumoni bilan Rossiya qamoqxonasida paydo bo‘lgan.

O‘zbekistonliklarning O‘zbekiston so‘rovi bo‘yicha ekstraditsiya qilinishi ishlari Inson huquqlari bo‘yicha Ovro‘po mahkamasida ko‘rildi, Rossiya huquq-tartibot organlari qonunga zid deportatsiyalari uchun jarimalarga tortildilar.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.