BBC navigation

Ruslan Chagayevning dekabrdagi janggi qoldirildi

Сўнгги янгиланиш 26 ноябр 2012 - 13:08 GMT

Ruslan Chagayev oxirgi janglarida g‘alaba qozongan

Kubalik og‘ir vazndagi bokschi Mayk Peres mashqlarda olgan jarohati tufayli boks bo‘yicha sobiq jahon chempioni o‘zbekistonlik Ruslan Chagayevga qarshi ringga tusholmasligi aniq bo‘lgan.

Ruslan Chagayevning bu yil hisobidan to‘rtinchi janggi Mayk Peresga qarshi 1 dekabrda Olmoniyaning Dyusseldorf shahrida bo‘lib o‘tishi mo‘ljallangan edi.

Bu haqda dastlab shou promouteri Feliks Shturm Twitterdagi blogida ma‘lum qiladi.

"Ruslan Chagayevning raqibi Mayk Peres yelkasidan jarohat oldi. Afsus bu zo‘r boks kechasi bo‘lishi mumkin edi", - deb yozadi Feliks Shturm.

Ruslan Chagayev va Mayk Peres o‘rtasidagi jang qoldirilgani boshqa sport saytlari orqali ham bildirildi.

Kubalik bokschi Mayk Peres shu paytgacha o‘tkazgan 18 ta janggida hali yutqazmagan. Ruslan Chagayev esa professional boksda 33 ta jang o‘tkazib, undan 30 tasida g‘olib chiqqan, ikkitasida mag‘lub bo‘lgan va bittasida durang natija qayd etilgan.

Ruslan Chagayev 2011 yil avgust oyida rossiyalik bokschi Aleksandr Povetkinga yutqazishidan keyin o‘tkazgan to‘rtta jangining barchasida g‘alaba qozongan .

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.