BBC navigation

Misr Prezidenti mamlakatning oliy hakamlari bilan uchrashgan

Сўнгги янгиланиш 26 ноябр 2012 - 15:12 GMT

Misr Prezidenti Muhammad Mursiy vakolatlarini oshirishi orqasidan kelib chiqqan noroziliklar manzarasida mamlakatning oliy hakamlari bilan uchrashgan.

Norozilik namoyishlaridan so‘ng yakshanba kuni murojaat bilan chiqqan janob Mursiy mahkamada prezidentning qaroriga qarshi chiqmaslik vaqtinchalik chora ekanligini, bu o‘z qo‘lida barcha qudratni olishga yo‘naltirilmaganini bildirgan.

"Prezident bu farmonning vaqtinchalik tabiatga egaligi, undan maqsad hukumatning demokratik saylangan organlariga salbiy ta‘sir qilishning oldini olish va mahkamaning adolatliligini saqlash ekanini ta‘kidlaydi", - deyiladi prezident boshqarmasi chiqargan xatda.

Xatda shuningdek, prezident o‘zining siyosiy muxoliflari bilan til topish, ayniqsa yangi konstitutsiya yozilish masalasida fikr almashish niyatida bo‘lgani aytiladi.

Muhammad Mursiyning farmoni keltirib chiqargan noroziliklar natijasida "Musulmon Birodarlar" harakatining idoralariga hujum qilingan. Damanxur shahridagi partiya binosidagi tartibsizliklar paytida islomiy harakatning 15 yoshli a‘zosi Fatxi Massud halok bo‘lgan.

Mamlakatdagi Misr hakamlar klubi professional tashkiloti aholini prezident Muhammad Mursiy vakolatlari oshirilishigava prokuror Abdul Mahmudning iste‘foga chiqarilishiga qarshi ommaviy ish tashlashga chaqirgan.

Favqulodda yig‘ilishda hakamlar prezident chiqargan farmonni bekor qilishni talab qilganlar.

Noroziliklar

Prezident vakolatlarini kengaytiruvchi farmon e‘lon qilinganidan bir kun o‘tib, Misr shirkatlari hissalarining narxi qariiyb 10 foizgacha tushib ketgan.

Mursiy janoblarining farmoniga qarshi Misrning bir qancha shaharlarida norozilik namoyishlari boshlanib ketgan, shuningdek prezidentning tarafdorlari ham yig‘ilishgan.

Tahrir maydonidagi namoyishchilar politsiya bilan to‘qnashishgan. Olomon yaqinda beton devorlar bilan o‘ralgan AQSh elchixonasiga qarata toshlar otishgan.

Misrning 20 dan ortiq huquqni himoya qilish tashkilotlari Mursiydan farmonni bekor qilishni so‘raganlar.

Huquq faollari imzolagan ochiq xatda "Prezident yangi diktaturaning boshlanishi haqida e‘lon qilib, Misrdagi sud tizimiga halokatli zarba berdi", deyiladi.

Muxolifat rahbarlaridan bo‘lgan Muhammad Baradey farmon kuchida qolar ekan, prezident bilan muzokara o‘tkazilmasligini aytgan.

"Musulmon Birodarlar" partiyasi a‘zolari Muhammad Mursiyni quvvatlab Qohiraning Abdin maydonida namoyishlar o‘tkazishga chaqirgan.

Misr Oliy mahkama kengashi Muhammad Mursiyning harakatini "mamlakat sud tizimiga tajovuz" deya baholagan.

Xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashgan namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatilgan.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.