BBC navigation

Yoga mashqlari suratlarini Twitterda e‘lon qilishning nimasi yomon?

Сўнгги янгиланиш 26 ноябр 2012 - 14:09 GMT

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning yoga mashqlarini bajarayotganida olingan fotosuratlarini Twitterda e‘lon qilgani Internetda bahsu-munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Bu haqda bir necha xorijiy ro‘znomalar maqolalar ham e‘lon qilishdi.

Rossiya matbuotiga ko‘ra, aholisining aksari musulmonlarni tashkil etadigan O‘zbekistonda Gulnora Karimovaning ochiq suratlarini e‘lon qilgani haqorat sifatida ham ko‘rilgan.

"Ozodlik" radiosi ba‘zi musulmonlarning Gulnora Karimovaning kiygan ust-boshi va yoga mashqlarini bajarayotgan vaqti turgan pozalarini nomaqbul ko‘rishlari haqidagi fikrlarini bergan.

Lekin Twitterdagi Karimova xonimning ko‘plab muxlislari uning qayishqoqligi va tashqi ko‘rinishiga tasannolar aytishgan.

"The Daily Telegraph" ro‘znomasining taxmin qilishicha, otasidan qudratni qabul qilib olishga tayyorlanayotgan Gulnora Karimova omma o‘ngida o‘z imidjini yaxshilashga urinayotgan bo‘lishi mumkin.

бу ерга босинг Britaniya matbuotining Twitter dagi Gulnora Karimova suratlariga "nazari"

Xo‘sh, yoga mashqlari suratlarini e‘lon qilishning nimasi yomon?

Frantsiyada istiqomat qiladigan o‘zbekistonlik siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov fikricha, "jamoatchilik tafakkurida Gulnora Karimovaning bu hatti-harakati yoqimsiz holat. Biroq bu hatti-harakatni an‘ana bilan, traditsiya bilan, din bilan bog‘lash, buni birinchi o‘ringa qo‘yish to‘g‘ri bo‘lmaydi".

"Gulnora Karimovaning xalq tomonidan samimiy qabul qilinmasligi, nolegitimligining asosiy sababi, uning siyosiy kar‘erasi, ijtimoiy-iqtisodiy, hamma sohadagi kar‘erasi asosida repressiv rejim turipti. Va Gulnora Karimova O‘zbekistondagi Islom Karimovdan keyingi ikkinchi boy odam sifatida qabul qilinadi. Aholining aksar qismi qashshoq, kambag‘al yashayotgan bir paytda uning haddan tashqari boy bo‘lishi, boshqa san‘atkorlarning kar‘era qilish imkoniyati bo‘lmayotgan bir paytda uning tinimsiz alьbomlar va qo‘shiqlar bilan televizorda chiqishi, boshqa siyosatchilarning kar‘era qilish imkoniyati yo‘q paytda, ya‘ni deputatlar bo‘lsin, senatorlar bo‘lsin, ularni televizor ko‘rsatmaydigan bir paytda Gulnora Karimova siyosiy tashabbuslar bilan ommaviy axborot vositalaridan tushmasligi, mana shularning hammasi jamoatchilik tafakkurida Gulnora Karimovaga nisbatan yumshoq qilib aytganda ishonchsizlik yoki jamiyatning ma‘lum bir qatlamlarida nafratni uyg‘otadi", deydi Kamoliddin Rabbimov.

Siyosiy tahlilchi Kamoliddin Rabbimov boshqa qator kuzatuvchilar singari oxirgi oylarda Gulnora Karimovaning omma o‘ngida ko‘rinishi ko‘paygan, deb hisoblaydi.

Oxirgi oylarda O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ichi Buxoroda tasvirga olingan videoklipi, oldingi yillardagi O‘zbekiston mustaqilligi bayramlaridan farqli o‘laroq bu yil iPad vositasida Twitterda "jonli efir" tashkil qilgani, Style.uz tadbirlari, kinodramaturglik rejasi va yoga mashqlari bilan ommaviy axborot vositalari e‘tiboriga tushdi.

Kamoliddin Rabbimov fikricha, Shveytsariya va Shvetsiyadagi so‘nggi mojarolar Karimova xonimning faolligiga ta‘sir ko‘rsatgan.

Камолиддин Раббимов билан суҳбат

Йога машқлари суратларини Твиттерда эълон қилишнинг нимаси ёмон?

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.