BBC navigation

Suriyadagi portlashda bolalar halok bo‘lgan

Сўнгги янгиланиш 26 ноябр 2012 - 15:26 GMT

Internetga qo‘yilgan videolavhada yerda yotgan bolasining o‘ligi yonida onalarning dod-faryod qilgani ko‘rinadi.

Bolalar Damashq sharqidagi Deyr al-Asafir qishlog‘idagi o‘yin maydonchasini MiG qiruvchi uchog‘i orqali bombalashi natijasida o‘ldirildi, deydi muxolif faollaridan biri.

Keyingi ikki kunda ham poytaxt Damashq atrofida shiddatli janglar borgani aytiladi. Jangarilar yakshanba kuni Damashq yaqinidagi aviabazani qo‘lga olganlarini bildirishgan.

Videolavhada shuningdek kasseta bombalari sochilib yotganini ko‘rish mumkin. BBC muxbiriga ko‘ra, keyingi oylardagi janglarda kasseta bombalari ishlatila boshlangan.

Faollarning aytishicha, qishloqqa ikki bomba tashlangan. Guvohlardan birining aytishicha, 70 tacha bomba topilgan. "Halok bo‘lganlarning hammasi 15 yoshdan kichik", deb aytgan u Reyter agentligiga. Bomba portlatishidan yana 15 kishi yaralangan.

Guvohlar hujumlarni hukumat kuchlari uyushtirganini, jangarilar hodisa joyidan olisda ekanini aytishgan.

Rasmiy Damashq bu xabarni tasdiqlamagan, Suriya armiyasida hujumda ishlatilgan bombalar yo‘qligini aytib, ayblovni "asossiz", degan.

Tasdiqlanmagan ma‘lumotlarga ko‘ra, yakshanba kuni butun Suriya bo‘yicha 117 kishi o‘ldirilgan, ulardan 14 tasi bolalardir.

Qurbonlarning ko‘pchiligi sochma bombalar portlatishidan halok bo‘lgani aytiladi.

Sochma bombalar uchoqlar orqali tashlanib, ularning 1000 metrdan 100 metrgacha balandlikdagi masofada portlashi natijasida yerda 25 metr atrofida halokatli ta‘sir ko‘rsatishi mumkin.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.