BBC navigation

Tojikistonda Facebook ijtimoiy tarmog‘iga to‘siq qo‘yilgan

Сўнгги янгиланиш 26 ноябр 2012 - 14:58 GMT

Huquqbonlar Facebookka to‘siq qo‘yilgani hukumat siyosati bilan bog‘liqligini aytishadi

Hukumat mazkur qaror yuzasidan tushuntirish bermagan.

Bu haqda Respublika Internet-provayderlar Assotsiatsiyasi ma‘lum qiladi. Yakshanba kuni hukumat aloqa xizmati internet-provayderlar va mobil aloqa operatorlariga Facebookka to‘siq qo‘yilgani borasida xabar jo‘natgan.

Biroq mamlakatda internet xizmatini ta‘minlaydigan bir qancha yirik kompaniyalar aloqa idoralarining bu topshirig‘i yozma ravishda berilmaganligini asos qilib uni bajarishga shoshilishmayapti.

Tojikistonda bu Facebook ijtimoiy tarmog‘iga birinchi marta to‘siq qo‘yilishi emas. Shuningdek, Zvezda.ru, Tjknews.com i Maxala.org. kabi internet saytlari ham bunday to‘siqlarga duch kelishgan.

2012 avgust oyida Xorug‘dagi harbiy amaliyotlar paytida "Aziya-Plyus", BBC, Fergananews.com, "Vesti.Ru" kabi o‘nlab axborot saytlari, shuningdek, Youtube video tarmog‘iga to‘siq qo‘yilgandi.

Huquq himoyachilari va provayderlar internet tarmoqlariga to‘siq yoki cheklov qo‘yish mamlakatdagi siyosiy tsenzuraning yuqoriligi bilan izohlashadi. Tojikistonda hukumatning faoliyatini tanqid qiluvchi veb sahifalarga to‘siq qo‘yilishi tez-tez sodir bo‘ladi. Biroq rasmiylar internet tarmoqlarining ishlamasligi texnik nosozlik bilan bog‘liqligini iddao qilishadi.

Bundan oldin, xalqaro tashkilotlar, jumladan Ovro‘poda Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti Tojikiston hukumatini facebook.com va bir qancha mustaqil veb sahifalarga to‘siqni olib tashlashni so‘ragan.

Ovro‘poda Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Matbuot erkinligi bo‘yicha vakili Dunya Miyatovich bu xususda Tojikiston hukumatiga maktub ham yo‘llagan edi.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.