BBC navigation

O‘zbekistonda ORIAT teleradiostantsiyasi rahbarlari qamalgan

Сўнгги янгиланиш 27 ноябр 2012 - 12:09 GMT

Oriat kompaniyasiga ishi O‘zbekistondagi axborot vositalarining monopoliyalashtirish jarayonining boshlanishi bo‘lishi mumkin.

O‘zbekistondagi internet nashrlarining xabar berishicha, Toshkentda Oriat teleradiokompaniyasining uch xodimi ustidan mahkama jarayoni nihoyasiga yetgan.

Sirg‘ali tuman mahkamasi Oriat kompaniyasining rahbari Alisher Xoldorovni soliq to‘lashdan bosh tortish va boshqa iqtisodiy jinoyatlarda aybdor deb topib, 6,5 yilga ozodlikdan mahrum qilgan. Shirkatning yana ikki xodimiga ham turli muddatli qamoq jazolari berilgan.

Xabarlarga ko‘ra, Oriat teleradiokompaniyasiga qarshi ish Qibray prokuraturasi tomonidan ochilib, Toshkent shahar prokuraturasida ikki yil davom etgan. Shu yilning may oyida ish sudga oshirilgan.

Bu vaqt mobaynida xodimlar hibsga olinmagan. Ular faoliyatlarini davom ettirib yurishgan. Alisher Xoldorov sud zalida hibsga olingan. Shirkatning bosh hisobchilariga shartli jazolar tayinlangan. Alisher Xoldorovga hukm o‘qilishi uning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri kelgan.

"Uzmetronom" internet saytining yozishicha, Oriat shirkati faoliyati tugatilib, Oriat FM va Oriat Dono radioto‘lqinlari Milliy teleradiokompaniya ixtiyoriga o‘tqaziladi.

Shu tariqa bu radioto‘lqinlar Milliy elektron ommaviy axborot vositalari assotsiatsiyasi boshlig‘i, Darakchi ro‘znomasi va shaxsiy Poytaxt radiostantsiyasi egasi Firdavs Abduxoliqovning qo‘li ostiga birlashishi aytilmoqda.

Shirkatning "ORIAT DONO" radiosi 2000 yil 17 dekabrda o‘z faoliyatini boshlab, o‘zbek va rus tillarida efirga chiqqan.

Radiostantsiyaning tinglovchilari 25 yoshdan 45 yoshgacha aholining asosan ziyoli qatlamini o‘ziga jalb qilgan. Radio to‘lqinlarida MDH va xorij musiqasi, o‘tgan asrning 80-90 yillar oltin fondidagi asarlar va zamonaviy qo‘shiqlar berib borilgan.

"ORIAT DONO" o‘zining diniy chiqishlari bilan aholi o‘rtasida tanilgan. Ayniqsa, Ramazon oylarida har kungi diniy suhbatlari mashhur bo‘lgan.

Ayrim tahlilchilar fikricha, Oriatning xodimlariga qo‘yilgan ayblov iqtisodiy deb aytilayotganiga qaramasdan, kompaniyaga diniy uyg‘oq qarashlari uchun hukumat tomonidan bosim bo‘lishi ham mumkin.

O‘zbekistonlik faol Abdurahmon Tashanov bu fikrlarda qanchalik asos borligi haqida gapirar ekan, radioda o‘z vaqtida diniy ulamolar, jumladan shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning ma‘ruzalari ham berilganini tilga olib o‘tadi.

Biroq mazkur ishga ko‘ra, shirkat rahbari Alisher Xoldorov reklama uchun tushgan pullarni o‘zlashtirish va soliqdan qochish kabi iqtisodiy jinoyatlarni sodir etganligi aytilgan.

Shuningdek, shirkat xodimlariga nisbatan ochilgan ishning ikki yil davomida oshkor qilinmagani, bu jarayonga keng jamoatchilikning ayniqsa jurnalistlarning e‘tiborini tortmaslik maqsadida qilingan, degan fikrlarni ham uyg‘otgan.

"Uzmetronom" saytiga ko‘ra, bu O‘zbekiston Ommaviy axborot vositalari bozorini bosqichma-bosqich monopoliyalashtirish jarayonining faqat boshlanishi bo‘lishi mumkin.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.