BBC navigation

Britaniya muzeyidagi Bibil "huquq qonuni" AQShga yo‘l olmoqda

Сўнгги янгиланиш 28 ноябр 2012 - 15:48 GMT

Britaniya Muzeyida saqlanayotgan eng ramziy osori atiqalardan biri Qurush Yozmasi kelgusi yil AQShda besh yirik muzeyda namoyishga qo‘yiladi.

Britaniya muzeyi rahbari Neyl Makgregorga ko‘ra, inson huquqlari bobidagi datlabki qonun sifatida ko‘rilgan ushbu qadimiy yozuv iloji boricha ko‘proq insonlarga taqdim etilishi lozim.

Ushbu yozuv insoniyat tarixida eng qadimiylaridan ko‘rilgan Bobil alifbosida bitilgan.

Yozuv miloddan avvalgi 539 yili Fors podshosi Buyuk Qurush buyrug‘i asosida sopol parchasiga tushirilgan.

Muzey xodimlariga ko‘ra, unda Fors Imperiyasi hududida ibodat erkinligi ta‘minlanishi, vatanlaridan majburan chiqarib yuborilganlarga qaytish imkoni berilishi kerakligi aytilgan.

Yozuv zamonaviy Iroq hududida 1879 yili Britaniya Muzeyi xodimlari tomonidan arxelogik tadqiqotlar mobaynida topilgan.

Bag‘rikenglik va turli e‘tiqodli insonlarga nisbatan hurmat ramzi sifatida ko‘rilgan ushbu qadimiy yozuvning nusxasi Nyu Yorkdagi BMT qarorgohida namoyishga qo‘yilgan.

Britaniya Muzeyi rahbariga ko‘ra, bu kabi ashyolar zamon va makonlar osha o‘z mujdasini yetkazish imkoniga ega.

AQSh ga yo‘l olgan va Qadim Forsda Qurush Yozuvi deya nomlangan ashyolar guruhiga 16 ta asar kiritilgan va ular miloddan avvalgi 550 yildan 331 yilga qadar yaratilgandir.

Buyuk Qurush Yozuvi 2010-1011 yillari Eron Milliy Muzeyida ham namoyishga qo‘yilgan bo‘lib, uni millionga yaqin inson borib ko‘rgan.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.