BBC navigation

Rossiyaning eng boy kishisi Alisher Usmonov yanada boyidi

Сўнгги янгиланиш 28 ноябр 2012 - 13:42 GMT

Tahlilchilarga ko‘ra, Alisher Usmonov London birjasida hissalarini sotish ortidan yana 1.7 milliard dollarga boyigan.

Alisher Usmonovga tegishli mobil telefon shirkati "Megafon" London va Moskva moliya birjalarida ulushlarini savdoga qo‘yib, bir kunning o‘zida 1.7 milliard dollarni qo‘lga kiritdi.

Tahlilchilarga ko‘ra, bugungi savdo London birjasi Rossiya va Markaziy Osiyolik turli shirkatlar uchun g‘arblik sarmoyadorlardan pul undirish markazlaridan biriga aylanganligini yana bir bor namoyish etgan.

Alisher Usmonov London moliya birjasida ulushlarni sotib olib, yoda savdoga qo‘yib, o‘z boyliklari uchun xavfsiz yer qidiruvchi Rossiyalik oligarxlar qatoriga qo‘shildi.

Janob Usmonov Rossiyaning eng boy kishisi sifatida ko‘riladi va va Forbes jurnaliga ko‘ra, jahonning eng boylari ro‘yxatida 28- o‘rindadir.

Biznes olamidan tashqari Alisher Usmonov Angliya prem‘er ligasining eng mashhur jamoalaridan biri bo‘lmish "Arsenal"ning 18 foiziga ega.

O‘zbekistonda tug‘ilib, voyaga yetgan Alisher Usmonovning boyligi konchilik, yog‘ochsozlik, Rossiyaning eng yirik Internet va mobil telefon shirkatlariga qisman egalik qilishidan, deya aytiladi.

"Megafon"ning Londondagi moliya birjasida ulushlarini savdoga qo‘yishi oxirgi bir necha yil mobaynida Rossiyalik shirkat tomonidan eng yirik moliya amaliyotlaridan biri sifatida ko‘rilmoqda.

Moliya bozori tahlilchisi Alesandr Venrgranovichga ko‘ra, "Megafon"ning London birjasidagi savdosi anchayin muvaffaqiyatli bo‘lgan.

Lekin "Megafon" hissalarining savdoga qo‘yilishi anchayin qarama-qarshi fikrlarni uyg‘otgan.

Xabarlarga ko‘ra, Goldman Sachs sarmoya banki "Megafon"da ish yuritish standartlari yuzasidan xavotirda bo‘lib, hissalarni bozorga olib chiqish jarayonida maslahatchi bo‘lishdan bosh tortgan.

Oxirgi yillarda iqtisodi shiddat bilan o‘sib kelayotgan qator mamllakatlardan bo‘lgan shirkatlar sarmoya topish maqsadida London birjalariga ko‘z tikib kelmoqdalar.

Buning ortidan London moliya jamoasi o‘zi istagan biznes bitimlariga erishdi, lekin ishonchli moliya markazi degan obro‘sini bir qadar yo‘qotgan bo‘lsa ajab emas.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.