BBC navigation

O‘zbekiston: aholining kuni gaz ballonlariga qoldi

Сўнгги янгиланиш 28 ноябр 2012 - 14:33 GMT

Gaz balloni faqat "kam ta‘minlangan oilalar"ga yetkazib berilishi aytilgan

O‘zbekistonda aholi gaz va elektr taqchilligidan azob chekarkan, davlat monopolisti bo‘lgan "O‘zbekneftegaz" "KazTransGaz" shirkati bilan Qozog‘iston janubiga uzatiladigan gaz hajmini bu yil 3 milliard kubometrga ko‘paytirish haqidagi bitimni imzolagan.

Bu haqda Qozog‘iston davlat neft va gaz shirkati bosh direktori Serik Sultangaliyev ma‘lum qilgan.

Janob Sultangaliyevning matbuot anjumanida aytishicha, Toshkentda o‘tgan muzokaralar nihoyasida Qozog‘istonning janubiy mintaqalari uchun ja‘mi 3 milliard kubometr gaz yetkazib berishga kelishilgan.

Qozoq mulozimi buni janub aholisi uchun "yaxshi yangilik" deb atagan.

"O‘zbektransgaz" va "KazTransGaz" o‘rtasidagi munosabatlarning butun tarixi mobaynida birinchi marta bu kabi kelishuv imzolamnmoqda", - deb aytgan janob Sultangaliyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yillarda o‘zbek gazining yilik hajmi 2 milliard kubomertdan oshmagan.

Shuningdek, tomonlar "Turkmaniston-Xitoy" quvuri orqali yana qo‘shimcha yarim milliard dollar gaz yetkazib berishga kelishganlar.

Qozoq mulozimi bu yil qishda Qozog‘iston janubidagi aholiga uzluksiz gaz yetkazib berilishini aytgan.

"Gazini chetga sotib..."

O‘zbekiston so‘nggi paytlarda chetga sotiladigan gaz hajmini keskin ko‘paytirgan.

Mamlakatning xorijiy sheriklar, xususan, Xitoy oldida olgan majburiyatlarining bir qismi ichki iste‘mol hisobidan qoplanayotgani aytiladi.

Natijada joylarda o‘tkir gaz va elektr taqchilligi yuzaga kelgan.

Bu yilgi qish mavsumi boshlanishi arafasida o‘zbek rasmiylari aholini ko‘mir zahiralarini g‘amlab olish haqida ogohlantirganlar.

Vazirlar mahkamasi aholiga ko‘mir yetkazib berishni nazorat ostiga olgani xabar qilingan.

Ammo o‘zbekistonliklar aholiga sotilayotgan Angren ko‘mirining sifati yomonligi, uning yaxshi yonmasligini aytishadi.

Xabarlarga ko‘ra, shu kunlarda bu ko‘mirning narxi ham 80 ming so‘mdan 120 ming so‘mga ko‘tarilib ketgan.

Gazning yo‘qligi har yilgidek, elektr energiyasi taqchilligini yuzaga keltirgan.

"Svet emas, svetofor!.."

Rishtonlik jurnalist Bahodir Eliboyevning aytishicha, hozirda odamlar gaz ballonlarini sotib olishmoqda.

"Bu ballonlar faqat ovqat pishirishga mo‘ljallangan, ammo odamlar texnika xavfsizligiga to‘g‘ri kelmasa ham, gaz ballonlarida isinishga harakat qilishayapti", - deydi jurnalist.

Uning so‘zlariga ko‘ra, gaz balloni sotib olish uchun mahalladan "kam ta‘minlangan oila" degan spravka talab qilinadi.

"Gaz ballonini bir marta to‘ldirish 10 ming so‘mga tushadi va uni agar faqat ovqat uchun ishlatilsa, bir haftaga yetkazish mumkin".

Bahodir Eliboyevning aytishicha, hozirda Farg‘ona viloyatida kuniga eng ko‘p 6 soatgacha elektr energiyasi berilmoqda.

"Yosh bolalarning ichaklari shamollab, kasal bo‘lmoqda, qariyalarning esa bomdod namozini o‘qishi uchun na svet va na tahorat olishi uchun issiq suv bor", - deydi Bahodir Eliboyev.

Unga ko‘ra, "Raygaz", "Oblgaz" va "Elektroset" singari tashkilotlar oldida har kuni odamlarning turnaqator bo‘lib turganlarini kuzatish mumkin.

"Amaldorlar biz tepadan berilgan normani sizlarga yetkazib berayapmiz, ammo undan ortig‘ini topolmaymiz", - deb javob berishadi".

Mustaqil jurnalistning aytishicha, xavo harorati keskin sovub ketgan va elektr va gaz ta‘minoti o‘tgan yillardagidan ham "battar".

Namangan viloyatida yashovchi fuqarolardan biri esa, BBCning "Svet bormi?" degan savoliga kinoya bilan "svet emas bu, svetofor" deb javob berdi.

Uning aytishicha, odamlarning elektr va gaz ta‘minoti yaxshilanishiga umidlari qolmagan va "hamma topgan narsasini yoqib, kun ko‘rmoqda".

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

----------------------------------------------------------------------------------------

Gasterbayter, Tezak yokar yurtdan: Erkin Voxidov sheri Sherali Jurayev kushigi. Uz gazini chetka sotib tezak yokkan Uzbegim. Nasib kisa Mustakillikni 30yilligini Saxroi kabirda bayram kilamizda a? Bor daraxtni kesib yokyapmiz borib borib xechtima komediyu bu ketishda. Soglom avlodga kasal vatan koladi shu. U dunyoga xechtima obketomesanlar nimaga xech toymesan a?


* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.