BBC navigation

Erga tegmagani uchun bo‘g‘izlangan

Сўнгги янгиланиш 29 ноябр 2012 - 13:40 GMT

Hodisa dushanba kuni mamlakatning shimoliy-sharqiy Qunduz viloyatida yuz bergan

Afg‘onistonda 14 yoshli qizni pichoq bilan bo‘g‘izlab ketgan ikki shaxs qo‘lga olingan.

Hodisa dushanba kuni mamlakatning shimoliy-sharqiy Qunduz viloyatida yuz bergan.

Mahalliy mas‘ullarga ko‘ra, gumondor shaxslar avvaliga qizni xolasining o‘g‘liga so‘rattirishgan.

Ya‘ni, qotillik yuz bermasidan avval o‘smir qizning qo‘lini so‘rab, uyiga sovchi yuborishgan.

Ammo uning otasi ularga rad javobini bergan.

Hujumga uchragan paytda qiz hovlisining yaqinidagi buloqdan suv keltirayotgan bo‘lgan.

Politsiya mas‘ulining aytishicha, "qo‘lga olingan shaxslar qizingni berasan, deb avval uydagilarini qo‘rqitishgan. Rozi bo‘lishmagach, pichoq bilan uni bo‘g‘izlashgan".

Yuqori martabali afg‘on mulozimlari va qavm oqsoqollariga ko‘ra, gumondor shaxslardan biri qizga uylanmoqchi bo‘lgan yigit bo‘lgan. Ikkinchisining ham qizga begona bo‘lmagani aytilmoqda.

Otasi esa, qizining oila qurishga juda yosh ekanini aytib, ularning qo‘llarini qaytargan bo‘lgan.

Shu oy boshida xuddi shu viloyatda 16 yashar yosh juvonni jinsiy zo‘rlaganlik aybi bilan to‘rt politsiya xodimi qamalgandi.

--------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.