BBC navigation

Misrda yangi konstitutsiya qabul qilinishi kutilmoqda

Сўнгги янгиланиш 29 ноябр 2012 - 11:51 GMT

Misr assambleyasi boshlig‘iga ko‘ra, mamlakatning yangi konstitutsiyasi uchun ovoz berish payshanba kuni boshlanishi mumkin.

Misr Prezidenti Muhammad Mursiy hujjatni tasdiqlaganidan so‘ng loyiha ommaviy referendumga qo‘yilishi kutiladi.

Bundan oldin mamlakatning Konstitutsion mahkamasi assambleyani tarqatish masalasi ham ko‘rib chiqilishini bildirgan edi.

Konstitutsion mahkama raisi Mohir Samiy "mahkama har qanday qiyin bo‘lmasin o‘zining oldidagi vazifani bajarib, oxirigacha olib borishga tayyor", deb aytadi.

Mamlakat mahkamasi "Musulmon Birodarlar" ko‘pchilikni tashkil qilgan parlamentning quyi palatasini tarqatishga erishgan.

Misr hukumati Prezident Muhammad Mursiyning vakolatlarini oshirishi orqasidan boshlanib ketgan norozilik namoyishlari tufayli konstitutsiya qabul qilinishiga tayyorgarlikni kuchaytirgan edi.

Ilgari qabul qilingan dekretga binoan hech kim, hatto mahkama ham prezident farmoni, qarori va qonunlari qarshi chiqishi va bekor qilish huquqiga ega bo‘lolmaydi.

Muhammad Mursiy namoyishlardan so‘ng bu deklaratsiya vaqtinchalik chora ekanligini, konstitutsiya qabul qilinishi bilan undan voz kechishini ma‘lum qiladi.

Qohiradagi namoyish qatnashchilari Mursiyni inqilobga xiyonat qilganlikda ayblashgan.

Politsiya bilan to‘qnashgan namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz ishlatilgan.

Payshanba kuni shuningdek Misr Prezidenti Muhammad Mursiyning xalqi ga murojaat bilan chiqishi kutilmoqda.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring. BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.