BBC navigation

Pussy Riotning videoroliklari ekstremistik deb topildi

Сўнгги янгиланиш 29 ноябр 2012 - 13:20 GMT

Moskvaning Zamoskvoretskiy mahkamasi Pussy Riot pank-guruhining LiveJournal saytiga joylashtirilgan barcha roliklari ekstremistik ruhda, deb aytgan.

Jarayon Zamoskvoretskaya tumanlararo prokuraturasining tashabbusi bilan o‘tkazilgan.

Pussy Riot tomonidan ishlangan videolarning mohiyati haqida ruhiy-lingvistik tekshiruvlar natijasiga qarab xulosa qilingan.

Mahkamada qatnashgan BBC muxbiriga ko‘ra, prokuror videorolikni "siyosiy nizolarni qo‘zg‘atuvchi" deb baho bergan.

O‘z o‘rnida Pussy Riot pank-guruhining ozodlikka chiqarilgan a‘zosi Yekaterina Samutsevich "Biz mahkama chiqargan ayblovdan rozi emasmiz, roliklarimizda hech qanday ekstremistik ma‘no yo‘q", deb aytgan va mahkama qarori bo‘yicha shikoyat qilishini bildirgan.

Pussy Riot pank-rok guruhi o‘zining ibodatxonada qilgan chiqishidan keyin mashhur bo‘lib ketgan. Guruhning uch a‘zosi mahkamaga tortilgan edi.

Yekaterina Samutsevichga berilgan muddat shartli jazoga o‘zgartirilgan.

Pussy Riot guruhining "bezorilari"

Mariya Alexina, Nadejda Tolokonnikova va Yekaterina Samutsevich "diniy adovat" maqsadida bezorilikda aybdor deb topilib, ikki yilga ozodlikdan mahrum qilinadi.

Cherkov mehrobida aksilhukumat norozilik amali o‘laroq boshiga balaklava o‘rab, ashula aytgan Pussy Riotning harakati nafaqat Rossiyada, balki butun dunyoda turli fikrlarga sabab bo‘lgan.

AQSh, Ovro‘po Ittifoqi va huquqni himoya qilish tashkilotlari Iso Masih Iso Masih ehromida qo‘shiq aytganlari uchun Pussy Riot qizlariga chiqarilgan hukmni qoralashgan.

AQSh va Ovro‘po Ittifoqi chiqarilgan hukmni "nomutanosib" deya atagan.

"Rossiya hukumati boshqacha fikrlaydigan fuqarolarining ovozini bo‘g‘ishda davom etmoqda"deb aytgan Amnesty International xalqaro tashkiloti, hamda qizlarga chiqarilgan hukmni bekor qilishga chaqirgan.

Rus provoslav cherkovi Rossiya hukumatiga "Pussy Riot"ning mahkum qatnashchilariga nisbatan boshqa shakkoklik harakatlarini qaytarilmasligi umidida, "mehr-shafqat" qilishni so‘ragan.

Qizlarga jamoat tartibini qo‘pol ravishda buzish, provoslav nasroniylari qadriyatlariga qarshi borish va provaslavlarning tuyg‘ularini oyoq-osti qilish kabi ayblovlar qo‘yilgan.

Tolokonnikova, Alexina va Samutsevich o‘zlarining harakatlari bilan cherkovga emas, Vladimir Putinni ochiq qo‘llagani uchun Patriarx Kirillni hajv etishganini aytishgan.

"Nomutanosib hukm" ga nisbatan tanqidlarga javoban Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mahkama qaroriga ta‘sir ko‘rsatolmasligini aytgan.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.
Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.