BBC navigation

Qozog‘istonda mamlakatning birinchi prezidenti kuni nishonlanmoqda

Сўнгги янгиланиш 3 декабр 2012 - 11:08 GMT

Qozog‘istonda 1 dekabr Prezident kuni sifatida bayram qilinadi.

Bayram munosabati bilan Ostonadagi o‘yingohda o‘tkazilgan marosim "Yagona mamlakat! Yagona taqdir! Yagona rahbar!" shiori ostida o‘tgan. Unda qatnashgan mamlakat prezidenti Nursulton Nazarboyev xalqqa, yoshlarga murojaat qilib Qozog‘iston bundan buyon ham gullab yashnashi va rivojlanishiga va‘da bergan.

"Qozog‘iston yana ham ko‘rkamlashadi, Qozog‘istonning hurmati yananda oshib, o‘ziga to‘q, badavlat insonlar yashaydi. Agar haqiqiy ishlansa, harakat bo‘lsa, hamma narsaga erishiladi. Men sizga baxt, uzoq umr, hayotda hamma orzularingizga yetishishingizni tilayman", degan Nursulton Nazarboyev.

Qozog‘iston ommaviy axborot vositalari mustaqillikning 21 yilida mamlakatda erishilgan yutuqlar haqida Nazarboyevning maqolasini e‘lon qilgan. Maqolada keltirilishicha, o‘tgan yillar mobaynida Qozog‘istonda qariiyb 160 milliard dollar investitsiya jalb qilingan. 2012 yilda bu raqam 18 milliardni tashkil qilgani aytiladi.

Nursulton Nazarboyevning haykali oldida ham odamlar bayram qilishgan.

"Butun dunyo Qozog‘istonning ijodkorlik qudratiga ishondi. Bugun o‘zining natijalari bilan mamlakatimiz dunyo hamjamiyatining
ishonchini yana ham mustahkamlamoqda", - deb ta‘kidlaydi janob Nazarboyev.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "Milliy bank va Milliy fondning iqtisodiy mablag‘i 85 milliarddan ortiqni tashkil qiladi. 21 yil ichida bu ko‘rsatkich 114 marta o‘sdi".

Qozog‘iston Prezidenti aholining turmush sharoiti oshganini alohida ta‘kidlar ekan, 21 asr boshida Qozog‘istonda kambag‘allik 32 foizdan 5,3 foizgacha kamayganini aytadi.

"Bizning xalqimiz kambag‘alchilikdan otilib chiqib, Ovro‘podagi mamlakatlarda yashaydigan o‘rta qatlam darajasiga yetisha oldi. Bu postsovet hududida eng yuqori ko‘rsatkichdir", - deb aytgan Qozog‘iston rahbari.

Qozog‘istonning turli chekkalarida Prezident kuni munosabati bilan turli shoular, bayram kontsertlari va boshqa tantanalar o‘tkazilmoqda.

Sharqiy Qozog‘istonda bugun farzandli bo‘lgan onalar turli sovg‘alar, bolalar jihozlari bilan taqdirlanishgan.

Televideniye orqali bir nechta ota-onalar farzandiga Nursulton ismini berganini quvonch bilan aytib berishadi.

Shuningdek, besh oilaga Prezident yangi uyning kalitlarini topshirgan.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.