BBC navigation

Rossiyada muhojirlar uchun til haqidagi qonun nimani o‘zgartiradi?

Сўнгги янгиланиш 3 декабр 2012 - 11:19 GMT

Bundan keyin rus tilini bilish ham ish topishda, ham uni davom ettirishda muhim hisoblanadi.

2012 yil 1 dekabrdan mehnat muhojirlariga rus tilida imtihon topshirishlari majburiy hisoblangan qonun kuchga kiradi.

Bundan so‘ng muhojirning rus tilini bilishi Rossiyada ishga kirish va mavjud ruxsatnomasini davom ettirish uchun ham tasdiqlanishi talab qilinadi.

Qonunga binoan, Rus tili rasmiy bo‘lgan mamlakatlarning fuqarolariga bu talab qo‘llanilmaydi.

Rossiya Muhojirlik federal xizmatining ma‘lumotlariga ko‘ra, mamlakatga har yili 13 millionga yaqin mehnat muhojirlari kirib kelishadi. Ularning aksariyati sobiq Ittifoq, ayniqsa Markaziy Osiyolik fuqarolardir.

Boshqa yurtdan Rossiyaga keluvchilarning maqsadi asosan bitta- pul topib oilasiga yordam berish.

Til haqidagi qonun, muhojirlarning bilimini sinovdan o‘tkazish- muammolarni yechib, odamlarni til o‘rganishlariga majbur qila oladimi?

Huquq faollariga ko‘ra, yangi qonunni tadbiq etish maqsadlari juda kerakli va foydali. Biroq uni hayotga joriy etilishida yana ba‘zi mansabdorlar o‘z manfaatlari uchun foydalanishlari, muhojirlarning pullarini shilish imkoni sifatida ko‘rishlari mumkin.

Kuzatuvchilar fikricha, Rossiyaga Markaziy Osiyodan borayotgan aksariyat yoshlar rus tilini bilmaydi. Hatto ba‘zilari oddiy savollarga ham javob berolmaydi.
Bu esa ular oldida turadigan asosiy to‘siq hisoblanadi.

Til bilmaslik ish izlab kelgan muhojirning hujjat ishlarini rasmiylashtirishiga xalaqit beradi.

Rus tiliga tushunmagan muhojir o‘rtadagi vositachi - o‘z hamyurtiga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Biroq hozir ko‘pgina muhojirlar aynan o‘z hamyurtlarining insofsizligi tufayli aldanib qolmoqda.

Til haqidagi qonunga binoan maishiy xizmat, savdo va boshqa xizmat sohalarida ishlashni xohlaganlar sinov imtihonlari topshirishadi. Shu bilan birga ular Rossiyaga qonuniy yo‘l bilan kirgan bo‘lishlari lozim.

Qonunda aytilishicha, sovet diplomlariga ega bo‘lgan muhojirlar bunday imtihon topshirmaydilar. Ularning til haqidagi bilimlari shubha ostiga olinmaydi.

Muhojirlarning masalalari bilan shug‘ullanadigan faollar til bilgan kishi o‘z haq-huquqini bemalol himoya qila oladi, deb ishonishadi. Shu paytgacha chetdan ishlashga kelganlarning asosiy muammolari til bilmaganidan kelib chiqmoqda.

Muhojirlarning Rossiyada til o‘rganishlari uchun ayni paytda 400 dan ortiq til markazlari mavjud.

Biroq kun bo‘yi og‘ir ishlardan charchagan mehnat muhojiri kechasi qanday qilib til o‘rganishga kuch topa olishi yana bir muammo hisoblanadi.

Rossiyalik mutaxassislar muammoni muhojirlarning o‘z yurtlarida yechish, hech bo‘lmaganda boshlang‘ich darajada til bilib kelishlariga erishish to‘g‘riroq bo‘ladi deyishmoqda.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing. Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

Fikr va mulohazalarni BBCning tahririy mezonlari bilan ko‘rib chiqqandan keyin e‘lon qilishimiz mumkin.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.