BBC navigation

"Yirik televizor ishlab chiqaruvchilar narxlarni kelishib ish tutganlar"

Сўнгги янгиланиш 5 декабр 2012 - 12:50 GMT

Ovro‘po Komissiyasi jahondagi yirik televizor ishlab chiqaruvchi shirkatlarni qariyb 1,5 milliard Yevrolik jarimaga tortgan.

Ovro‘po Ittifoqining Raqobat Komissiyasi nomi dunyoga taniqli shirkatlar o‘zaro til biriktirganlar va o‘z mahsulotlarining narxlarini bir-birlari bilan kelishgan holda bozorga chiqarganlar degan qarorga kelgan.

Jarimaga tortilgan shirkatlar orasida LG Electronics, Philips, Samsung, Panasonic, Toshiba va Technicolor (sobiq Thomson) bor.

Eng yirik jarima Hollandiyaning Philips shirkatiga to‘g‘ri kelgan, Philips 313 million 400 Yevro jarima to‘lashi kerak.

Janubiy Koreyaning LG Electronics shirkati 295,6 million Yevrolik jarimaga tortilgan.

Xalqaro shirkatlarning jami moliyaviy jazosi 1 milliard 470 million 515000 Yevro yoki 1,9 milliard AQSh dollarini tashkil etgan.

"Qariyb o‘n yil mobaynida, 1996 yil bilan 2006 yil o‘rtasida bu kompaniyalar narxlarni kelishganlar, bozorlarni bo‘lishganlar va mijozlarni o‘zaro taqsimlaganlar va ularning mahsulot ishlab chiqarishini cheklaganlar", deyiladi Ovro‘po Ittifoqining Raqobat Komissiyasi bayonotida.

Mashhur shirkatlar katod nurli trubka bo‘yicha til biriktirganlar, deyilmoqda.

Katod nurli trubka yoki kineskopdan ham televizorlarda va ham kompyuter monitorlarida foydalanilgan.

Bu trubka yoki kineskop ekranlar narxining 50-70 foizini tashkil etgan.

Ushbu holat bo‘yicha tekshirish 2007 yil noyabrida o‘tkazilgan reyddan keyin boshlangan.

2009 yilda qirq yil davomida teleekranlar ishlab chiqarishidan daromad ko‘rib kelgan Sony shirkati televizorlarni ishlab chiqarishni to‘xtatgan, shirkat eski texnologiyalardan voz kechishini e‘lon qilgan.

Ushbu ish doirasida Tayvanning Chunghwa Picture Tubes shirkati ham tekshirilgan va bu shirkatni jarimaga tortmaslikka qaror qilingan.

Aynan Chunghwa Picture Tubes yirik monopolistlarning nosog‘lom faoliyati haqida bong urgani aytilmoqda.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.