BBC navigation

Isroilning G‘arbiy Sohilda jamloq qurish qarori qattiq qoralanmoqda

Сўнгги янгиланиш 5 декабр 2012 - 18:07 GMT

Isroil xalqaro qonunlarga xilof ravishda yahudiylar jamloqlarini qurmoqda

Britaniya va Frantsiya Isroilning G‘arbiy Sohil va Quddusda 3 mingta yangi uyni qurish qarorini tasdiqlagani uchun Isroil elchilarini chaqirtirganlar.

Britaniya hukumati bu qaror Isroilning falastinliklar bilan tinchlikka erishish yo‘lidagi harakatlari borasida shubha tug‘dirishini bildirgan.

Isroil BMT Falastin mavqeini oshirish bo‘yicha ovoz bergan kunida 3 mingta qo‘shimcha uy qurish qarorini tasdiqlagan.

BMT bu uylar qurilishi tinchlik jarayoniga "halokatli zarba" bo‘lishini aytgan.

Shvetsiya ham Isroil elchisini chaqirtirgan, Rossiya va Olmoniya esa uylar qurilishiga qarshiliklarini izhor qilganlar.

O‘z bayonotida Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Isroil elchisini chaqirib, agar uylar qurilishi boshlansa, Britaniya "qattiq munosabat" bildirishini ma‘lum qilganini aytgan.

"Biz Isroil hukumatining Ye1 hududida uch mingta yangi uy qurish va qurilishga yo‘l ochib berish qarorini qoralaymiz. Bu ikki davlatchilik yechimiga raxna soladi", - deyiladi London bayonotida.

Quddus va G‘arbiy sohildagi Maala Adumin jamlog‘i o‘rtasidagi Ye1 hududidagi qurilish ishlaridan falastinliklar o‘ta norozilar. Ularning fikrida, bu yerda yahudiylar uchun uylar qurilishi Falastin davlati barpo etilishi rejalariga to‘siq bo‘ladi.

Isroil, o‘z navbatida, BMTning Falastin mavqeini oshirish qarorini Isroil bilan imzolangan avvalgi kelishuvlarning buzilishi deya ta‘riflagan.

"Biz Quddus, hamda Isroilning strategik manfaatlari bor bo‘lgan boshqa hududlarda uylar qurishda davom etamiz", - dedi Bosh Vazir Benyamin Netanyaxu.

Jamloqlar xalqaro qonunlarga binoan noqonuniy hisoblanadi, lekin Isroil bu qonunlarni hisobga olmaydi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.