BBC navigation

"Oriat" teleradio shirkati yomonotliq qilinmoqda

Сўнгги янгиланиш 6 декабр 2012 - 13:27 GMT

Yaqinda mahkama shirkat rahbarlarini ozodlikdan mahrum qilgandi

Toshkent telekanalidagi maxsus ko‘rsatuv va hukumat doiralariga yaqin web sahifalarda "Oriat" teleradio shirkati ahloqqa zid eshittirishlar olib borgani aytilib, tanqid qilingan. Yaqinda O‘zbekistondagi mahkama shirkat rahbarlarini ozodlikdan mahrum qilgandi.

Gorizont.uz web sahifasida chop etilgan "Moliyaviy o‘yinlarning intihosi yoki Erkinlik – mas‘uliyatsizlikni bildirmaydi" nomli maqolada "Oriat-FM" va "Oriat-Dono" radiokanallari o‘z eshittirishlarida o‘zbek mentalitetiga zid qo‘shiqlar va dasturlar tayyorlab uzatgani tanqid ostiga olinadi.

"Shu bilan, - deydi maqola muallifi, - "O‘zbekiston respublikasidagi davlat yoshlar siyosati to‘g‘risida" gi qonun buzilgan. Bundan tashqari dasturlarda O‘zbekiston qolib chet el davlatlarining hayoti yoritilgan".

Shov-shuv.uz shou portali bosh direktori Jasur Hamroyev mentalitetga yot dasturlar uchun radiolarning jazolanishi olqishga loyiq ekanligini aytadi.

"Bunga qarshi chora ko‘rilganidan hursandmiz. Chunki yoshlarning ongini turli yot omillardan saqlash borasida say‘-harakatlar qilinayapti. Bu harakatlarning amaliy ishorasi sifatida ushbu narsani men qo‘llab quvvatlayman. Chunki mana hozir Yevropadan qanaqa qo‘shiqlar oqib kirayapti", - deydi Jasur Hasanov.

Ayrim kuzatuvchilar O‘zbekistonda mentalitetni himoya qilish turli guruhlarni yo‘qotishda qurol sifatida foydalanadigan vosita bo‘lib qolgan degan fikrda.

O‘zbekistonda kuylanayotgan va targ‘ib qilinayotgan dasturlarni baholab boruvchi, Badiiy kengash, Ma‘anaviyat va ma‘rifat markazi kabi bir necha strukturalar bor.

Ammo, Toshkentdan mustaqil jurnalist Abdurahmon Tashanov ko‘ra ushbu tashkilotlar O‘zbekistondagi qudratli shaxslarga tegishli bizneslarni chetlab o‘tadi.

"O‘zbekistonda ikkinchi lager bor. Bu Gulnora Karimovaga tegishli bo‘lgan va uning atrofidagi shou biznes olami. Gulnora Karimova dahldor odamlar bu kabi nazoratlardan o‘tishmaydi.

Terra group orqali chiqib ketaveradi. Hozir rok yo‘nalishida chiqayotgan va saviyasiz deb atalayotgan narsalar Gulnora Karimovaning atrofidagi odamlarga tegishli. Ammo, bunga davlat dahil qilolmaydi", - deydi Abdurahmon Tashanov.

Gorizont.uz saytida yozilishicha, Oriat radiosi chet el ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilgan va ularning dasturlarini efirga uzatgan. Bu bilan radio qonunni buzgan hamda yoshlarning tarbiyasiga salbiy ta‘sir qilgan.

"Oriat" radiosi "Rossiya ovozi" radiostantsiyasi bilan hamkorlik qilgani tanqid qilingan.

Jurnalist Abdurahmon Tashanov O‘zbekiston rasmiylari chet el ommaviy axborot vositalaridagi materiallarni O‘zbekiston ichida yoyilishiga o‘ta jiddiy qarashini aytadi.

"Erkinlikdan O‘zbekiston hukumati doim cho‘chib va noto‘g‘ri qabul qilib kelgan. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, sinalmagan va ko‘rikdan o‘tmagan turli radio xizmatlardan birorta dasturni olib foydalanish yoki efirga uzatish hukumat uchun qandaydir darajada nohushlik tug‘diradi. Bu narsalar keyinchalik keskin choralar ko‘rishga sabab bo‘ladi", deydi Abdurahmon Tashanov.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.