BBC navigation

"O‘zbekiston hukumati siyosiy mahbuslarni ozod qilsin"

Сўнгги янгиланиш 6 декабр 2012 - 15:04 GMT

Amnistiyalar siyosiy mahbuslarga nisbatan deyarli qo‘llanilmaydi

"O‘zbekiston hukumati mamlakat Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 20 yil to‘lishi munosabati barcha siyosiy mahbuslarni hech bir shartsiz ozod qilishi kerak".

Bugun inson huquqlari guruhlari ana shunday chaqiriq bilan chiqishgan.

Ularga ko‘ra, siyosiy mahbuslarni ozod qilish O‘zbekistonning islohotlar masalasida qat‘iy ekanini namoyish etgan bo‘lardi.

Bayonot Human Rights Watch, Jurnalistlarni himoya qilish qo‘mitasi, Markaziy Osiyoda Inson huquqlari assotsiatsiyasi, Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik, "O‘tyuraklar klubi" inson huquqlarini himoya qilish xalqaro tashkiloti, AQSh PEN markazi, ASAT-France va Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro federatsiya va Freedom Now kabi 9 tashkilot tomonidan chiqarilgan.

Human Rights Watch tashkilotidan Stiv Sverdlovning aytishicha, "eng avvalo, faqat tinch faoliyat bilan shug‘ullangan jurnalistlar, huquq himoyachilari, yozuvchilar, muxolifat a‘zolari va dindorlar" qamoqda o‘tirmasliklari kerak edi.

"Konstitutsiya kunida siyosiy mahbuslarning ozod qilinishi Prezident Islom Karimov uchun O‘zbekiston xalqi va xalqaro hamkorlariga u islohotlar tomon chinakam qadamlar qo‘yishga tayyor ekanini ko‘rsatish imkoniyatidir", deydi u.

Shu bilan birga bugungi bayonotda mahbuslar inson huquqlari bo‘yicha xalqaro qonunlarga muvofiq tibbiy xizmatlar va oila a‘zolari bilan uchrashuvlarga imkonli bo‘lishlari kerakligini ta‘kidlanadi.

Bugungi bayonotda hozirgacha qamoqda qolayotgan Solijon Abdurahmonov, A‘zam Farmonov, Mehriniso Hamdamova, Zulxumor Hamdamova, Isroiljon Xoldorov, Nozim Isoqov, G‘aybullo Jalilov, Abdurasul Xudoynazarov, Erkin Qo‘ziyev, G‘anixon Mamatxonov, Zafarjon Rahimov, Yo‘ldosh Rasulov, Dilmurod Saidov, A‘zam Turg‘unov va Gulnoza Yo‘ldosheva kabi jurnalist va huquq himoyachilari nomlari keltiriladi.

O‘zbekiston har yili Konstitutsiya kuni manosabati bilan umumiy avf e‘lon qiladi. Ammo, bu amnistiyalar siyosiy mahbuslarga nisbatan deyarli qo‘llanilmaydi.

Biz bugungi bayonot mualliflaridan biri - Parijda joylashgan O‘tyuraklar klubi rahbari Mo‘‘tabar Tojiboyeva va O‘zbekiston Senati a‘zosi Svetlana Ortiqovalarni suhbatga tortdik. Suhbatni Mo‘‘tabar Tojiboyeva boshlab bergan:

'Миллий қонунчиликда сиёсий маҳбус ёки қатағон деган тушунча йўқ, лекин...'

'Ўзбекистон ҳукумати мамлакат Конституцияси қабул қилинганига 20 йил тўлиши муносабати барча сиёсий маҳбусларни ҳеч бир шартсиз озод қилиши керак'. Бугун инсон ҳуқуқлари гуруҳлари ана шундай чақириқ билан чиқишган.

Тинглашmp3

Муқобил медиа плейерда ўйналсинми

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.