BBC navigation

Senat Britaniyaga ham O‘zbekiston havo hududi istifodasiga ruxsat berdi

Сўнгги янгиланиш 7 декабр 2012 - 12:06 GMT

O‘zbekiston parlamentining yuqori palatasi Britaniyaga Afg‘onistondagi qo‘shinlari va texnikasini olib chiqishda O‘zbekistonning havo hududidan foydalanishiga ruxsat beradigan ikki mamlakat hukumatlari o‘rtasidagi bitimni ratifikatsiya qilgan.

5 va 6 dekabr kunlari O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati yalpi majlisi bo‘lib o‘tdi.

Bu majlisda qator qonunlar bilan birga O‘zbekiston konstitutsiyasi qabul qilinganining 20 yilligi munosabati bilan amnistiya e‘lon etildi.

O‘zbek senatorlari Britaniya va O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasida 5 sentyabrda imzolangan shartnomani ham ratifikatsiya qilganlar.

Afg‘onistondagi xorijiy qo‘shinlarni olib chiqishning muddati etib 2014 yil belgilangan, shu munosabat bilan AQSh, Britaniya va boshqa NATOga a‘zo davlatlar siyosatchilari O‘zbekiston rahbariyati bilan muzokaralarni boshlaganlar.

Shu yil boshida Britaniya Mudofaa vaziri Filipp Xammond Toshkentga safar qilgan edi.

Shundan keyin Britaniya Mudofaa vazirligining ikki hay‘ati ham O‘zbekiston rasmiylari bilan uchrashdilar.

O‘zbek senatorlari avgust oyidagi majlisida AQSh bilan O‘zbekiston hukumatlari o‘rtasidagi xuddi shunday kelishuvni ratifikatsiya qilgan edilar.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.