BBC navigation

Alisher Usmonov yana xalqaro qilichbozlik tashkiloti prezidenti etib saylandi

Сўнгги янгиланиш 10 декабр 2012 - 13:35 GMT

Rossiyaning eng boy kishisi, Angliyaning "Arsenal" futbol klubi hissadori Alisher Usmonov ikkinchi marta Xalqaro Qilichbozlik federatsiyasi - FIE prezidenti etib saylangan.

Federatsiya kongressi Moskvada bo‘lib o‘tgan.

Janob Usmonov qilichbozlik federatsiyasini yana to‘rt yil boshqaradi.

U ilk bor Xalqaro Qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga 2008 yilda saylangan edi.

Ovoz berishda janob Usmonov federatsiyani uzoq vaqt boshqargan frantsiyalik Rene Rok ustidan g‘alaba qozongan edi.

Janob Rok qilichbozlik federatsiyasining faxriy prezidenti lavozimini egallagan.

Asli O‘zbekistonning Chust shahrida tug‘ilgan Alisher Usmonovni Forbes jurnali shu yil Rossiyaning eng boy odami, deb topdi.

U dunyodagi 28-eng boy kishi deb ko‘riladi.

Bundan avval ham janob Usmonov Forbesning yillik ro‘yxatida Rossiyaning badavlat odamlari qatoridan joy olib kelgan bo‘lsa ham, 2012 yilda ilk bor peshqadamlikka chiqib olgan.

Forbes jurnali milliarderning boyligini 18,1 mlrd AQSh dollari deya baholagan.

Biroq Bloomberg agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra, Alisher Usmonovning boyligi 20 milliard AQSh dollaridan ortadi.

Sunday Times nashrining Britaniyadagi eng boy odamlar ro‘yxatida janob Usmonov rossiyalik boshqa bir milliarder Roman Abramovich bilan birga bu yil yuqori uchlikka kirishga muvaffaq bo‘lgan.

So‘nggi yillarda janob Usmonov asosan tog‘-kon sanoatidan katta foyda ko‘rayotgan bo‘lsa ham, internet va mobil shirkatlariga ham katta pul tashlamoqda.

Alisher Usmonov shu yilning o‘zida Facebook ijtimoiy tarmog‘i orqasidan qariyb 1 milliard foyda ko‘rgan.

U Rossiyadagi uchta yirik mobil aloqa shirkatidan biri bo‘lgan "Megafon"ning nazoratini o‘z qo‘liga olgan.

10 kuncha oldin "Megafon" London va Moskva moliya birjalarida ulushlarini savdoga qo‘ydi va bir kunning o‘zida 1, 7 milliard dollarni qo‘lga kiritdi.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.