BBC navigation

Misr: Mursiy armiyaga xavfsizlikni ta‘minlashni buyurdi

Сўнгги янгиланиш 10 декабр 2012 - 15:48 GMT

Armiya prezident qarorgohini qattiq himoya qilmoqda.

Misr Prezidenti Muhammad Mursiy konstitutsiyaning yangi loyihasi bo‘yicha referendum oldidan qurolli kuchlarga mamlakatdagi xavfsizlik va davlat idoralarini qattiq qo‘riqlashga buyruq bergan.

Qohiradagi BBC muxbiri Jon Laynning aytishicha, prezidentning bu buyrug‘i kuzatuvchilarda Misr yana harbiy boshqaruvga tomon qaytishi haqida xavotirlarni uyg‘otadi.

9 dekabrda Mursiy o‘zining vakolatlarini oshiradigan farmonini bekor qilgan, biroq 15 dekabrga belgilangan referendum o‘tkazilishini ma‘lum qiladi.

Muxolifat fikricha hukumat bilan kelishuv uchun bu qadam yetarli emas. Ular bahsli konstitutsiya loyihasi bo‘yicha mo‘ljallangan referendumni qoldirishni istashadi.

Mamlakatdagi muxolif guruh va partiyalarini birlashtirgan Misrni milliy qutqaruv fronti yetakchilari yakshanba kuni yig‘ilishida prezident taklif qilgan muzokaralarni rad qilish qarorini bergan.

Shu maqsadda muxolifat faollari seshanba 11 dekabr kuni butun mamlakat bo‘ylab norozilik namoyishlari o‘tkazishga chaqirishmoqda.

Shuningdek, yakshanba kuni yuzlab muxolifatchilar Qohirada prezident qarorgohi oldiga namoyishga chiqqanlar. Ular "Xalq tuzum ag‘darilishini xohlaydi", "Mursiy o‘z bezorilaringga mahkam bo‘l" kabi shiorlarni aytib qichqirishadi.

Armiya prezident qarorgohini himoyalash maqsadida beton to‘siqlar bilan o‘rab olgan.

O‘z o‘rnida Mursiy tarafdorlari ham prezidentni quvvatlash harakatlarini davom ettirish niyatida.

Tartibsizliklarning boshlanishi

Prezident Mursiyning farmoni Misrda norozilik namoyishlari va namoyishchilarning xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashuvlariga olib kelgandi.

Bu farmonga ko‘ra, prezident qabul qilgan biror bir qarorga qarshilik qilish mumkin emas, buning huquqiy asoslari olib tashlanishi ko‘zda tutilgan.

Prezident Mursiyning muxoliflari uni diktatorlarga o‘xshab ish tutayotganlikda va jamiyatning katta qismi fikrini inkor qilishda ayblashdi.

Biroq Mursiyning o‘zi prezident sifatida vakolatlarini kuchaytirishdan maqsadi inqilobni asrab qolish ekanini aytdi.

29 noyabrda Misrda boshlangan tartibsizliklar orqasida bir kunning ichida Konstitutsion assambleya 234 moddadan iborat konstitutsiya loyihasini faqat Mursiy tarafdorlari ovozi bilan ma‘qullagan, liberallar va nasroniylar jamiyati loyihani boyqot qilishadi.

15 dekabrda ommaga taqdim qilinadigan loyihada shariat huquqiy asos sifatida olinib, matbuot erkinligi va ayollarning erkaklar bilan teng huquqligi haqida so‘z bormaydi.

Nufuzli Al-Azhar islom universiteti Muhammad Mursiyni 22 noyabrda qabul qilingan farmonni bekor qilib, muxolifat bilan muzokaralar boshlashga chaqirgan edi.

Misr Prezidenti o‘zining qudratini kuchaytirgan farmoni orqasidan muxoliflari - sobiq prezident Husni Muborak tarafdorlarining qattiq bosimi ostida qolgan.

------------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.