BBC navigation

Qirg‘iziston: qidiruvda bo‘lgan "qonundagi o‘g‘ri" hibsga olindi

Сўнгги янгиланиш 10 декабр 2012 - 15:20 GMT

Qamchi Ko‘lboyev qirg‘iz huquq-tartibot idoralari tomonidan qator og‘ir jinoyatlarda ayblangan

Qirg‘iz rasmiylari jinoiy avtoritet sifatida bilingan Qamchibek Ko‘lboyevning Birlashgan Arab Amirliklarida hibsga olinib, Qirg‘izistonga keltirilganini ma‘lum qilganlar.

Ko‘lboyev odam o‘g‘irlash, jinoiy guruh tuzish, qurol-yaroq va giyohvand moddalar saqlash va sotish kabi qator jinoyatlarda ayblangan.

Qirg‘iziston Xavfsizlik Xizmati Qamchi Ko‘lboyevning Birlashgan Arab Amirliklaridan maxsus xizmatlar xodimlari tomonidan keltirilganini ma‘lum qilgan.

Ammo, Qirg‘iziston Oliy Mahkamasi Qamchi Ko‘lboyevning xavfsizlik xizmatiga o‘z ixtiyori bilan taslim bo‘lganini bildirgan.

Ko‘lboyevning avval ham bir necha marta hibsga olingani haqida xabarlar tarqalgan, ammo keyinroq rad etilgandi.

Qirg‘iziston Oliy mahkamasining ma‘lum qilishicha, Qamchibek Ko‘lboyev bugun bir oyga tergov izolyatoriga tashlangan.

Qirg‘iz huquq-tartibot idoralari o‘tgan yil yozida Birlashgan Arab Amirliklaridan Qamchibek Ko‘lboyevni Qirg‘iziston ixtiyoriga topshirishni so‘ragan edilar.

Kolya-Qirg‘iz

Sobiq Sovet Ittifoqi hududlaridagi jinoyat olamida "Kolya-Qirg‘iz" nomi bilan mashhur Qamchibek Ko‘lboyevning Qirg‘iziston jinoiy olamini idora etishi aytiladi.

Qirg‘iziston Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, Ko‘lboyev boshchiligidagi jinoiy guruhning 150dan ziyod a‘zosi bor.

Ba‘zi manbalarga ko‘ra, Qamchibek Ko‘lboyevga 2010 yilda sobiq Sovet Ittifoqidagi "qonun o‘g‘rilari" tomonidan "o‘g‘rilik toji" kiydirilgan.

38 yoshli Qamchibek Ko‘lboyevning uzoq yillar Qirg‘izistonda jinoiy avtoritet hisoblangan Rispek Akmatbayevning yaqin yordamchilaridan biri bo‘lgani aytiladi.

Ba‘zi xabarlarga ko‘ra, Rispek Akmatbayev 90-yillar oxirida Qamchibek Ko‘lboyevga ixtiyorida bo‘lgan bir necha shirkatni tortib olishi ortidan ikkovlon o‘rtasidagi aloqalar buziladi.

2000-yilda Qirg‘iziston mahkamasi Qamchibek Ko‘lboyevni ikki shaxsni o‘ldirishda ayblanib, 25 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

Biroq, 2006 yilda Qamchibek Ko‘lboyev qamoqxonadan qochishga muvaffaq bo‘ladi.

Keyinchalik qirg‘iz rasmiylari uning Birlashgan Arab Amirliklarida yashiringani haqida e‘lon qilishadi.

2011-yilda AQSh Davlat Departamenti tomonidan e‘lon qilingan xalqaro narkosavdogarlar ro‘yxatiga Qamchibek Qo‘lboyev ham kiritilgan.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.