BBC navigation

Qozog‘istonda chegarachi Chelax bir umrga qamaldi

Сўнгги янгиланиш 11 декабр 2012 - 14:37 GMT

Chelax o‘ziga chiqarilgan hukmni sukut saqlab eshitgan.

Qozog‘iston mahkamasi chegarachi Vladislav Chelaxni 15 kishini o‘ldirganlikda aybdor deb topib, bir umrlik qamoq jazosiga hukm qilgan.

May oyining oxirida Olmaota viloyatidagi Arkankergen chegara maskanida qotillik yuz bergan.

Voqea joyiga yetib kelgan chegarachilar kazarmaning yoqilgani va ichkarida 14 kishining o‘ligini ko‘rganlar.

Keyinroq chegara postiga yaqin joyda o‘rmonchining yondirilgan jasadi topilgan.

Bir necha kundan keyin tirik qolgan yagona chegarachi 19 yoshli Vladislav Chelax qo‘lga olinadi.

Dastlab xizmatdoshlari va o‘rmonchining o‘limini bo‘yniga olgan Chelax keyingi ko‘rsatmalarida o‘z aytganlarini inkor qilgan. Ularni jismoniy va ruhiy bosimlar ostida berganini aytgandi.

Chelaxning oldingi mahkamalaridan oldin Prezident Nazarboyev yuz bergan hodisani terror amali deb atagan, mamlakatda bir kunlik motam e‘lon qilingan.

Qozoq rasmiylari qo‘lga olingan yagona tirik qolgan askar Vladislav Chelaxning xizmatdoshlarini o‘ldirganini tan olganini aytganlar.

Qozog‘iston prokuraturasi 19 yoshli askarning xizmatdoshlarini o‘ldirgani iqrori yozib olingan videoni namoyish etgan.

Biroq askarning yaqinlari va himoyachisi bu iqrorliklarni qiynoq va bosimlar ostida olinganini aytib kelishgan.

Oxirgi mahkama paytida Vladislav Chelax o‘z joniga qasd qilishga ham uringan edi.


----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.