BBC navigation

O‘zbekistondagi shou-biznesga bag‘ishlangan Sayyod.uz sayti asoschisiga savol bering

Сўнгги янгиланиш 11 декабр 2012 - 18:18 GMT

Sayyod.uz O‘zbekistondagi shou-biznes mavzusiga bag‘ishlangan eng mashhur web-sahifalardan biridir.

Uning asoschisi Sardor Komilov - Sayyod.

Sardor Komilov 1978 yil 14 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan.

Uning aytishicha, ilk jurnalistik faoliyatini xobbi sifatida uzforum.com forumida boshlagan.

So‘ng u "Darakchi" ro‘znomasida ishlaydi, bu paytda shou biznesning qator vakillari bilan suhbatlari e‘lon qilinadi.

Sardor Komilov jurnalist sifatida ancha tanilgach, Sayyod taxallusini tanlaganini aytadi.

Va 2008 yilda "Shou-biznes adolat nishoni ostida!" shiori ostida sayyod.com saytining faoliyatini boshlaydi.

Unga ko‘ra, sayt tarixini ancha oldinroq, 2003 yillarda boshlangan deyish mumkin.

O‘sha yillardan boshlab turli ro‘znomalarda chiqqan surat, she‘r va hikoyalari, uyushtirgan suhbatlari ushbu saytining ochilishiga turtki
bo‘lgan.

Birmuncha vaqt Sayyod mashhxur san‘atkorlar bilan ham birga ijodiy faoliyat olib boradi.

U xonanda Ulug‘bek Otajonovning prodyusseri sifatida ishlaydi.

Shu bilan birga Ortiq Otajonov, Ulug‘bek va Ali Otajonov hamda boshqa xonandalarning qator kliplariga muallif va rejissyorlik qiladi.

Sardor Komilov "Asl xonanda" ilk o‘zbek internet realiti-shousining rejissyori, muallifi va tasvirchisi hisoblanadi.

Bundan tashqari o‘zbek shou biznes olamida uning "Ko‘ngil", "Jurnalist-yulduz","Djumandji" loyihalari mashhur bo‘lgan.

Sayyod.com dunyodagi mashhur YouTube videoportalining O‘zbekistonda tan olingan yagona kanali hamdir.

Sardor Komilov o‘z sayti orqali hozirgi o‘zbek ommabop qo‘shiqchiligida jonli ijroni targ‘ib qilib kelmoqda.

25 oktyabrda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan "Mardi maydon" ilk jonli gala-kontsertini targ‘ib qilgani uchun "O‘zbeknavo"tomonidan diplom bilan
taqdirlandi.

Web-sahifa nafaqat shou-biznes olami yangiliklari va muammolarini yoritadi, balki xayriya ishlariga ham hissa qo‘shishga intilmoqda.

бу ерга босинг Sayyod.uz web sahifasi uchun bu yerga bosing

Sardor Komilov san‘atkorlar ishtirokidagi leykemiya bilan og‘rigan bolalarga qon topshirish xayriya tadbirining yetakchilaridan bo‘ldi.

Sardor Komilov shu kunlarda mashhur xonanda Yulduz Usmonova bilan birgalikda katta shou tayyorlanayotganini aytadi.

Sardor Komilovga savollaringizni sahifamizning quyi qismidagi maxsus forma orqali yoki uzbek@bbc.co.uk elektron manzilimizga yo‘llang.

BBC mehmoni savollaringizga ham internet va ham radio orqali javob beradi.

Suhbatning radio versiyasini shanba va yakshanba kunlari "Daraklar" dasturida tinglay olasiz.

Savollarini radio uchun o‘z ovozlari bilan berishni istagan tinglovchilarimizdan o‘zlarining telefon raqamlarini ham yozib yuborishni
so‘raymiz.

Ruknimizning keyingi mehmonlari kimlar bo‘lishini istaysiz?

Bu haqdagi fikrlaringizni kutib qolamiz.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.