BBC navigation

AQSh Suriyaning muxolifat koalitsiyasini tan oldi

Сўнгги янгиланиш 12 декабр 2012 - 13:17 GMT

AQSh rasmiylari koalitsiya kuchlari qurol bilan ta‘minlanishi mumkinligini inkor qilishmaydi.

Prezident Barak Obama AQSh Suriyaning bosh muxolifat koalitsiyasini Suriya xalqining "qonuniy vakili" deya rasman tan olganini bildirgan.

Janob Obama ABC News bilan suhbatda Milliy Koalitsiya Suriya xalqiga yetarlicha vakillik qilishini aytgan.

Britaniya, Frantsiya, Turkiya va Fors ko‘rfazi davlatlari allaqachon Suriyaning Milliy Koalitsiyasini tan olganlar.

AQShning koalitsiyani tan olishi AQSh qurolli kuchlarni endi qurollay boshlashini anglatmaydi, lekin yuqori darajali mulozimlar agar bu Suriyada siyosiy yechimga erishilishiga yordam bersa, amalga oshishi mumkinligini bildirganlar.

Suriyaning Inqilobiy va Muxolifat Kuchlari Milliy Koalitsiyasi o‘tgan oy tashkil qilingan.

Ayni damda 70ta davlatning tashqi ishlar vazirlari Marokashda o‘tayotgan maxsus yig‘inda Suriyadagi vaziyatni muhokama qilayaptilar.

Rossiyaga ko‘ra, AQSh Milliy Koalitsiyaning "qurolli g‘alaba"ga erishishiga bor pulini tikkan.

Faollarga ko‘ra, Prezident Bashar al-Assadga qarshi 18 oy avval boshlangan g‘alayonda 40 mingdan oshiq odam o‘lgan.

Chorshanba kuni markaziy Suriyadan olingan xabarlarga binoan, prezidentning alaviy oqimiga mansub ko‘p sonli odamlar Hama shahri g‘arbidagi qishloqda o‘ldirilgan.

Mazkur voqea haqida xabar kam, ammo muxolif faollari tomonidan internetda tarqatilgan videoda alaviy ekani ishonilgan yosh bola hukumat kuchlari ko‘p sonli oddiy fuqarolar garovda ushlab turilgan binoni vayron qilganini aytadi.

Bolaga ko‘ra, Aqrab qishlog‘idagi bino Ozod Suriya Armiyasi ishg‘oli ostida bo‘lgan va uning vayron bo‘lishi oqibatida 300ga yaqin odam halok bo‘lgan.

Faollarning videoxabarlarini mustaqil tarzda tasdiqlash qiyin, Suriya hukumati hozircha biron munosabat bildirgani yo‘q.

BMT qochqinlar agentligi yarim milliondan ko‘p odam Suriyadan qo‘shni mamlakatlarga qochib o‘tganlarini aytadi.

--------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.