BBC navigation

Global tadqiqot: "Semizlik ochlikka nisbatan yirikroq muammoga aylangan"

Сўнгги янгиланиш 14 декабр 2012 - 13:31 GMT

So‘nggi tadqiqotlar dunyo bo‘ylab semizlikka bog‘liq surunkali kasalliklar ortib borayotganini aniqlagan

Butun dunyo bo‘ylab olib borilgan eng yirik tadqiqotlardan biri ilk bor odamlarning ochlik emas, semizlikdan ko‘proq hayotdan ko‘z yumayotganliklarini ko‘rsatgan.

Tadqiqot jarayonida 2010 yilgi o‘lim sabablari o‘rganilgan.

Ayon bo‘lishicha, dunyoda semizlik sabab qazo qilganlarning soni uch milliondan ortgan.

Bu esa, to‘yib ovqat yemaslik bois yuz bergan o‘lim hollaridan uch marotabaga ko‘pdir.

Britaniyada nashr etiluvchi "Lanset" ("Lancet") tibbiyot jurnalida nashr etilgan hisobotga ko‘ra, dunyo bo‘ylab insonlar hozirda uzunroq, ammo bemorroq umr ko‘rishayotgan ekan.

"Lancet" tahlillari qon bosimi, kashandalik va ichkilikbozlik sog‘lik uchun eng yuqori xavf faktorlariga aylanganini ko‘rsatgan.

Biroq, ba‘zi olimlar mazkur tadqiqotda olingan ma‘lumotlar yetarlicha o‘rganilmaganini tanqid qilganlar.

Besh yil davomida 500ga yaqin muallif ishtirokida amalga oshirilgan loyiha natijalariga ko‘ra, yurak xastaliklari va insult har to‘rt insondan birining o‘limiga sabab bo‘lgan.

Ushbu bemorliklar tufayli 2010-yilda 13 millionga yaqin odam dunyodan ko‘z yumgan.

VICh virusi va SPID hamon global xastaliklardan biri bo‘lib qolmoqda. VICh virusi va SPIDdan 2010-yilda 1,5 million inson halok bo‘lgan.

Dunyo bo‘ylab insonlar uzoq umr ko‘rayotgan esalarda, aholisi uzun umr ko‘rayotgan mamlakatlar va kamroq umr ko‘rayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut 1970 yildan buyon o‘zgarmasdan qolgan.

Qora Afrika yosh bolalar o‘limi bo‘yicha hamon yetakchilik qilmoqda.

Vashington Universitetidan professor Kristofer Myurrey tadqiqotga yetakchilik qilgan.

"Erta o‘limdan surunkali xastaliklarga tomon o‘zgarish qayd etilgan", - deydi Kristofer Myurrey. - "Ammo sen chalingan kasallik, seni o‘ldirishini anglatmaydi".

"Ziddiyatli xulosalar"

Tadqiqotlar o‘limga yetaklagan kasalliklar orasida diabet va o‘pka saratoni yuqorilagani, ichketar va tyuberkulyoz xatsaliklari esa pastlaganini ko‘rsatgan.

Tadqiqotchilar so‘zlariga ko‘ra, ichketardan qazo qilish o‘tgan yigirma yil ichida 60 foizga kamaygan.

London Gigiyena va Tropik Tibbiyoti Maktabidan professor Sendi Kairnkrossning "Lanset" jurnaliga aytishicha, tadqiqot chiqargan xulosalar yetarlicha tahlil etilmagan.

"Xulosalar ko‘plab olimlarga taaluqli esada, o‘limga yetaklovchi xastaliklar ro‘yxatida tadqiqotda ishtirok etgan barcha olimlarning nazari aks etmagan", - deydi u.

BBC bilan suhbatda Sendi Kairnkrossning ta‘kidlashicha, ba‘zi "ziddiyatli xulosalar" asosan shifokorlar ko‘rsatmalarga asoslangan.

Biroq, tahlilchilarga ko‘ra, mazkur tadqiqot dunyoda mavjud sog‘lik muammolari qanchalar tez sur‘atlarda o‘zgarayotganini ko‘rsatadi.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBCO‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBCmaktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.