BBC navigation

O‘zbekistonda yana bir guruh dindorlarga uzoq yillik qamoq jazolari berildi

Сўнгги янгиланиш 14 декабр 2012 - 13:41 GMT

2012 yilning 12 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi "Turkiston islomiy harakati"ga a‘zolikda ayblangan 16 nafar dindor ustidan hukm chiqardi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 159-moddasi (O‘zbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish), 216-moddasi (Jamoat birlashmalari yoki diniy tashkilotlarni qonunga xilof ravishda tuzish) hamda 244 moddasi 2-qismi (Diniy ekstremistik, separatistik, fundamentalistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilotlar tuzish, ularga rahbarlik qilish, ularda ishtirok etish) bilan ayblangan Akmal Ollonurov va Bahodir Dadajonov 12 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Dilshod Muhammadxonov, Ahror To‘xtayev, Nodir Ahmedov va yana 5 nafar sudlanuvchi Jinoyat Kodeksining 244 moddasi 2 qismi bilan aybdor deb topilib, 8 yillik qamoq jazosiga hukm etiladi.

Dastlabki tergovlar davrida garov puli evaziga ozodlikda bo‘lgan 6 nafar dindor esa O‘zbekiston Respublikasi JKning 216-moddasi bilan ayblanib, eng kam ish haqining 50 baravari (3 146 000 so‘m yoki 1600 AQSh dollari) miqdoridagi jarimaga tortilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tumani mahkama binosida o‘tgan jarayonlarda ishtirok etgan "Ezgulik" faoli Abdurahmon Tashanovga ko‘ra, dindorlar shu yilning 12- mayida "Turkiston islom harakati" diniy radikal tashkilotiga mansublikda ayblanib, hibsga olinishadi.

Mazkur shaxslar ayblov matniga ko‘ra, mamlakat konstitutsiyaviy tuzimini ag‘darish va o‘zlari a‘zo bo‘lgan diniy ekstremistik tashkilotni moliyalashtirish hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida separatistik, diniy radikalizm ruhidagi qarashlarni targ‘ib qilgan.

Mahkama davrida sudlanuvchilar Akmal Ollonurov hamda Bahodir Dadajonovlar o‘zlariga qo‘yilgan ayblovlarga iqror bo‘lishadi.

Ular shuningdek boshqa yigitlarning diniy tashkilotga a‘zo emasligi haqida ko‘rsatma berishgan.

Sudlanuvchilarning ota-onalari esa farzandlarining "Turkiston islomiy harakati" atamasini hatto eshitishmaganini, unga a‘zolik tugul bunday tashkilotning mavjud emasligini ham ta‘kidlashmoqda.

Ayblanuvchilar tergov izolyatori va yerto‘lada qiynoqlarga solinib, ulardan zo‘raki iqrorlik ko‘rsatmalari olingani aytiladi. "Ezgulik" oldinroq Dilshod Muhammadxonovning himoya huquqidan mahrum qilingani hamda uning yaqinlariga ko‘rsatilmagani xususida yozgandi.

O‘zbekiston inson huquqlari "Ezgulik" jamiyati yuqori instantsiya sudlarini odil sudlov pritsiplariga amal qilish hamda tergov jarayoni va quyi instnatsiya sudida yo‘l qo‘yilgan protsessual qonunbuzarliklarni bartaraf etishga chaqirgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.