BBC navigation

"MTS yangi yildan O‘zbekistonga qaytishi mumkin"

Сўнгги янгиланиш 14 декабр 2012 - 13:12 GMT

O‘zbekistondagi internet nashrlarining xabar tarqatishicha, keyingi yil boshidan Rossiyaning MTS shirkatining O‘zbekistondagi sho‘‘ba korxonasi "O‘zdunrobita" o‘z faoliyatini qayta boshlashi mumkin.

12 dekabrda davlatlararo yig‘ilishda qatnashish uchun O‘zbekistonga kelgan Rossiya federatsiyasi hukumat boshlig‘i o‘rinbosari Dmitriy Kozak prezident Islom Karimov bilan ham uchrashgan.

"Uzmetronom"saytining yozishicha, 13 dekabrdagi tor doiradagi muzokaralarda MTS masalasi muhokama qilingan.

Xabarlarda Rossiya delegatsiyasi "O‘zdunrobita" shirkati o‘z faoliyatini yanvar oyida qaytadan yo‘lga qo‘yishi haqida ijobiy javob olgani aytilmoqda.

Bundan oldin O‘zbekiston Oliy Xo‘jalik mahkasida MTSning litsenziyasini olib qo‘yilishiga qarshi shikoyat arizasini ko‘rib chiqish bir necha marta qoldirilgan edi.

Shikoyat arizasini ko‘rib chiqish qayta-qayta ortga surilishi ham MTSning O‘zbekistondagi faoliyatini tiklash borasidagi o‘zaro muzokaralarga bog‘liqligi taxmin qilinadi.

MTSning Rossiyadagi vakillari bu borada aniq izoh berishmagan. Mahkama hujjatlari bilan tanishib chiqmaguncha fikr bildirolmasliklarini aytishgandi.

2012 yil 8 noyabr kuni Toshkent shahar jinoyat ishlari mahkamasi appelyatsiya kengashi MTSning sho‘‘ba korxonasi "O‘zdunrobita" borasidagi shikoyatini qisman qondirganligi ma‘lum bo‘ladi.

O‘zbek tomoni bilan MTS shirkati vakillari o‘rtasida oxirgi oylarda kechgan uzoq muzokaralar kuzatuvchilar fikricha, MTSning O‘zbekistonga yana qaytishi mumkin, degan taxminlarni paydo qilgan.

Shuningdek, Toshkentdagi mahkama O‘zbekiston uchun shu paytgacha kutilmagan qarorni bergan - MTS shirkatiga qarashli hissalarni davlat foydasiga o‘tkazish hukmini bekor qilgan.

Buning evaziga MTSdan davlatga sakkiz oy mobaynida 600 million dollar mablag‘ to‘lash talab etiladi.

Biroq, "O‘zdunrobita"ning to‘rt xodimiga nisbatan chiqarilgan shartli qamoq jazosi o‘z kuchida qoldirilgan edi.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBCO‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBCmaktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.