BBC navigation

Fazoga faqat sog‘lomlar chiqa oladimi?

Сўнгги янгиланиш 17 декабр 2012 - 14:38 GMT

Fazogirlar Xalqaro fazo stantsiyasida olti oydan ortiq bo‘lmasliklari lozim. Bunda ham jiddiy sabablar bo‘lgan hollarda.

Vaznsizlik holatida muskul va suyaklar hajmining yo‘qotilishi bu paytda shu qadar ulkanki, insonning fazoda bundan ortiq bo‘lishi imkonsiz sanaladi.

Fazogir va astronavtlar singari qattiq tayyyorgarlikdan o‘tmaydigan fazo turistlari uchun bunday parvozlar ularning sog‘lig‘iga qanday ta‘sir ko‘rsatishi mumkin?

Britaniya meditsina jurnalida Chop etilgan maqolaga ko‘ra, tuman poliklinikalaridagi shifokorlar kelajakda mijozlarining "fazoga chiqishga sog‘lig‘im ko‘taradimi" degan savollariga javob berishga tayyor turishlari kerak bo‘ladi.

Shu bilan birga faqat sanoqli shifokorlargina kosmik meditsina sohasida kerakli maslahatni bera olish uchun yetarli bilimga egalar.

Ogohlantiruvchi belgi

Oldin o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, fazoga parvoz inson organizmi fiziologiyasini o‘zgartiradi. Biroq bu o‘zgarish tayyyorlanmagan 50 yoshli sayyyoh tanasiga qanday ta‘sir ko‘rsatishi aniqlanmagan.

Londondagi King-kollej professori Devid Grin keyingi ikki yilda ko‘pchilik yerliklar maxsus qurilgan fazo kemalarida suborbotal fazolarni amalga oshirishlari mumkin deb aytadi. Ular Yer atmosferasini taxminan to‘rt daqiqa atrofida tark etishadi, vaznsizlikni his qilishadi va qaytib Yerga tushishadi. Professor Grinning fikricha, bunday sayohatlar vaqtida shiddatli tezlik va kuchli tormozlanishlar xos bo‘lib, kimlargadir katta muammo tug‘dirishi tabiiy.

"Shubhasiz bunaqa paytda kuchli ko‘ngil aynishi ogohlantirish uchun sabab bo‘la oladi. Shuningdek, sayyyohlar vaznsizlik holatidan Yerga qo‘nish oldi kuchli og‘irlikni sezishlari hatto hushdan ketishlari mumkin", - deb hisoblaydi Grin.

Fazoga parvozlar paytidagi asosiy muammolar chayqalish, charchash, organizmning suvsizlanishi, ishtahaning yo‘qolishi, va belda og‘riqdir.

"Biz bunday parvozlar qanday asoratlar qoldirishini tushunib olishimiz kerak"

Vertikal uchish va qo‘nish paytida inson yuragi miyaga yetarli darajada qon yetkazib berishi qiyin bo‘ladi.

"Agar sizda yurak-qon kasalliklari bo‘lgan bo‘lsa, bu paytda ular bilinadi", - deydi professor.

Amerikaning tadqiqotchilari fazola yuzaga keladigan og‘irliklar sayyyohlar organizmiga qanday ta‘sir ko‘rsatishini o‘rganmoqdalar. Tadqiqotchi Skottning fikriga ko‘ra, turli yoshdagi sayyyohlarning shaxsiy o‘ziga xosliklarini o‘rganib chiqib, favqulodda holatlar uchun qo‘shimcha tekshiruvlar o‘tkazish keyingi parvozlarda xavfsizlikka rioya qilish va fazoga parvozlar sohasini rivojlantirishda katta yordam beradi.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.