BBC navigation

Pokiston gavjum bozoridagi portlash o‘nlab insonlar umriga zomin bo‘lgan

Сўнгги янгиланиш 17 декабр 2012 - 15:12 GMT

Mahalliy rasmiylar xabar qilishicha, mamlakatning shimoli-g‘arbidagi Haybar qavmlar hududidagi bozorda minalashtirilgan avtomashinaning portlashi natijasida kamida 17 kishi halok bo‘lgan, 70 dan ortiq odam yaralangan.

Qurbonlar orasida ayollar va bolalar bo‘lgan.

Guvohlardan biri hikoya qilishicha, portlashdan so‘ng hammma yoq qonga belangan, atrofda odam tanasining bo‘laklari sochilib yotganini ko‘rish mumkin edi.

Bozor yaqinida bir qancha davlat idoralari joylashgan bo‘lgan.

Jarohatlanganlar Peshovar shahridagi shifoxonalarga olib ketilgan.

Hozircha biror bir jangari portlash uchun mas‘uliyatni zimmasiga olmagan.

Jamrud bozoridagi portlash Peshovar aeroportida va aeroportga yaqin mavzeda xavfsizlik kuchlari va islomiy jangarilar o‘rtasida kechgan 15 soatlik to‘qnashuvlardan so‘ng ro‘y bergan.

Peshovar aeroporti Jamrud bozoridan 10 kilometr masofada joylashgan.

Shanba va yakshanba kungi portlashlar va janglarda 10 jangari o‘ldirilgani, ularning o‘zbek millatiga mansubligi Pokiston rasmiylari tomonidan xabar qilingan edi.

Pokiston toliblari kechagi hujumni o‘zlari uyushtirganlarini ma‘lum qilishgan.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.