BBC navigation

"Peshovar aeroportiga hujum qilgan O‘zbek jangarilar o‘ldirilgan"

Сўнгги янгиланиш 17 декабр 2012 - 13:18 GMT

Pokiston rasmiylariga ko‘ra, 15 dekabr kuni Peshovar shahri aeroportiga hujum uyushtirganlar deb ishonilgan besh jangari o‘ldirilgan, ularning millati o‘zbek bo‘lgan.

Pokiston armiyasi tarqatgan xabarga ko‘ra, Peshovar shahrining Pavakay mavzesida qaqshatqich jang bo‘lib o‘tgan.

Natijada uch jangari otib o‘ldirilgan, ikki qurolli esa belidagi portlovchi moddalarni portlatib halok bo‘lgan.

Otishmada bir politsiyachi ham halok bo‘lgan.

Pavakay mavzesi Peshovarning Bacha Xan aeroportidan bir kilometr masofada joylashgan.

Bu aeroport ham fuqaro aviatsiyasi uchun foydalaniladi va ham harbiy baza vazifasini o‘taydi.

Xabarlarga ko‘ra, bu yerdagi masjidga yaqin qurilishi bitmagan binoda jangarilar o‘rnashib olganini mahalliy aholi bilib qolganidan keyin rasmiylarga xabar qilingan.

Hudud Pokiston qurolli kuchlarining katta sondagi harbiylari va politsiya tomonidan o‘rab olingan.

Jangarilar yashirinayotgan joyga politsiya yaqinlashganida ular o‘t ochganlar, shundan keyin jang boshlanib ketgan.

Pokiston rasmiylariga ko‘ra, shanba, 15 dekabr kuni xudkush hujumchi belboqlarini taqqan kamida 10 jangari aeroportga hujum qilganlar, aeroportga raketalar otilgan.

Bu hujum oqibatida to‘rt tinch fuqaro halok bo‘lgan.

Harbiylar besh jangari o‘ldirilgani haqida xabar tarqatganlar.

O‘zbekiston Islomiy Harakati jangarilari Peshovar shahriga yaqin hududlarda joylashganlari aytiladi.

Bundan oldin ham Peshovar shahridagi qator hujumlarni O‘zbek jangarilari uyushtirgani haqida xabar tarqatganlar Pokiston rasmiylari.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.