BBC navigation

Dunyo aholisining qanchasi dindor?

Сўнгги янгиланиш 18 декабр 2012 - 14:33 GMT

Musulmonlar dunyo aholisining qariyb to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi

Yangi tadqiqot xulosasiga ko‘ra, yer yuzidagi har 10 insondan 8 nafari (5.8 milliard kishi) biron bir diniy guruhga tegishli.

Pev Tadqiqot Forumi Din va Omma turmushi bo‘yicha bo‘limi 230dan ortiq mamlakat va hududdagi aholini ro‘yxat olish jarayonlari va so‘rovlar natijalarini o‘rgangan.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, nasroniylar jahon aholisining uchdan bir qismidan kamrog‘ini, musulmonlar esa, qariyb to‘rtdan bir qismini tashkil qiladi.

Dunyodagi 49 mamlakatda, jumladan, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi 20 davlatning 19 tasida musulmonlar ko‘pchilikdir.

Nasroniylar esa, nisbatan tarqalibroq ketishgan.

Jahon aholisining 1 milliard nafari hindular bo‘lib, asosan, Osiyo-Tinch ummoni mintaqasida istiqomat qiladilar.

Ular buddoyilar va folklor dinlar tarafdorlaridir.

Yahudiylarning 44 foizi Shimoliy Amerikada, yana qariyb shuncha sondagisi Isroilda yashaydi.

Ammo, tadqiqot jarayonida qo‘lga kiritilgan eng hayratlanarli ma‘lumot taxminan har olti odamdan bittasi o‘zini dinsiz deb bilishidir. Bu - jami dunyo aholisining uchdan bir qismi degani.

Dinsizlar guruhiga ateistlar va agnostiklar kirishar ekan. Ular 6 davlatda ko‘pchilikni tashkil qilishadi, Xitoy ushbu davlatlar ichida eng kattasidir.

Ammo, dinsizlar orasida ham Xudo borligiga ishonadiganlar bor. Masalan, Xitoyda dinsiz deb tanilganlarning 7 foizi, Qo‘shma Shtatlarda 68 foizi Xudoga va yo ilohiy kuch borligiga ishonishlarini aytishgan.

---------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.