BBC navigation

"Dissidentlar tiriklayin qaynatiladigan mamlakatga borishdan uyalmagan Deparde"

Сўнгги янгиланиш 18 декабр 2012 - 16:29 GMT

Taniqli frantsuz aktyori Jerar Deparde Frantsiya fuqaroligidan voz kechib, o‘z pasportini davlatga qaytarib berishga qaror qilgani tanqidlarga sabab bo‘lmoqda.

Bugun Britaniya gazetalaridan biri The Independent "Deparde Frantsiyaga orqa o‘girgan bo‘lishi mumkin...ammo frantsiyaliklar ham unga juda ishqiboz emaslar" deb nomlangan maqola chop etgan.

Gazeta "Jerar Deparde inson huquqlari bo‘yicha rekordi abgor bo‘lgan mamlakatlarga mehmon bo‘lib borish evaziga katta miqdorda badal olganiga qaramay, o‘zining rasmiy Parij bilan soliq urushiga axloqiy jihatdan yondashgani", uni ikkiyuzlamachilikda ayblanishiga sabab bo‘lgani haqida yozadi.

Shu o‘rinda maqola muallifi janob Depardening O‘zbek diktatori qizi Gulnora Karimova yaratayotgan qo‘shiqlarga dastak ko‘rsatganini tilga oladi.

Bundan tashqari: "Oktyabrda u Chechenistonda qattiqqo‘l lider Ramzan Qodirovning tug‘ilgan kuni munosabati bilan berilgan ziyofatda paydo bo‘ldi", deb yozadi gazeta. Maqolada da‘vo qilinishicha, frantsuz aktyori buning uchun kattagina haq olgan.

Haftaning dam olish kunlari Frantsiya Bosh vaziri Jan- Mark Eyroga yozgan maktubida aktyor "haqiqiy va go‘zal Frantsiya ruhini" namoyon etish uchun o‘z fuqaroligidan voz kechayotgani haqida aytgandi.

U janob Eyroning aktyor vatanida soliqlar yuqoriligi uchun Belьgiya hududiga ko‘chib o‘tgani borasidagi izohlariga g‘azabnok javob qaytargan.

Britan gazetasi: "Gulnora Karimovaning so‘nggi qo‘shig‘ida Deparde janoblari frantsuzcha shivirlaganini eshitishi mumkin"

"Siz kimsiz, meni bu tariqa muhokama qiladigan?" deya xitob qilgandi Jerar Deparde o‘z maktubida.

Frantsiya nufuzli siyosatchilaridan biri Jan-Fransua Kaan o‘z blogida janob Eyro hech qursa demokratik mamlakat Bosh vaziri etib saylangani, Deparde esa, "Fidel Kastro yo-da, O‘zbek diktatori Islom Karimovni" afzal bilishi haqida yozgan.

Prezident Fransua Olland ham mazkur mojaroga qog‘ozga o‘rab munosabat bildirgan, u mamlakatdagi "ko‘p narsasi bo‘lmay turib, o‘z soliqlarini to‘lashga rozi" odamlarga hurmat bajo keltirishini aytgan.

Shuningdek, muallif janob Deparde qaysidir sobiq Sho‘ro shahriga yetib borgani aytilgan yangilik chiqmaydigan biron bir oy yo‘qligini aytadi.

"O‘zbek diktatori Islom Karimov yaqinda janob Depardega 6-asrdagi Markaziy Osiyoga oid filmda rol taklif qildi. Stsenariy uning qizi Gulnora tarafidan yozilgan", deb yozadi The Independent muxbiri.

"Uning otasi dissidentlarni tiriklayin suvda qaynatayotgan bir paytda Karimova xonim pop qo‘shiqchisi va dizaynerlik pillapoyalaridan ko‘tarilmoqda. Uning so‘nggi qo‘shig‘ida Deparde janoblari frantsuzcha shivirlaganini eshitishi mumkin", deydi muallif.

----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.