BBC navigation

"Moskva hukumati yangi masjid qurilishiga ruxsat bergani yo‘q"

Сўнгги янгиланиш 20 декабр 2012 - 16:02 GMT

Bu haqda Moskva hokimi Sergey Sobyanin ma‘lum qiladi."Biz hech bir yerda masjid qurilishiga ruxsat berganimiz yo‘q. Bu hammasi mish-mish xolos", - deb aytgan Sobyanin "Komsomolskaya pravda" ro‘znomasiga bergan intervyusida.

Oldinroq, Rossiyaning ba‘zi nashrlari poytaxt rasmiylari Moskva atrofidagi turli okruglarda masjid qurilishi uchun bir nechta yer uchastkalarini ajratganini xabar qilgan edi.

Jumladan, Yujniy Butov, Lyublin va "Shosse entuziaistov" metrolari yaqinida masjid qurilishi mumkinligi aytilgan. Moskva hukumati esa bu xabarni tasdiqlamagan.

Janob Sobyaninga ko‘ra, Olimpiya prospektidagi masjidda har doim o‘n minglab musulmonlar yig‘ilishidan so‘ng politsiya tomonidan o‘tkazilgan so‘rovlar ularning 80 foizi moskvaliklar emasligini aniqlagan.

"O‘sha hududlarda masjidlar qurish kerak, Moskvada emas. Moskvaga butun qo‘shni viloyatlardan namozxonlarni yig‘ib kelish kerak emas", deb aytadi u.

Janob Sobyanin ilgari ham Moskvada katta masjidlarni qurishga ehtiyoj yo‘qligini bildirgan edi.

-----------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.

* to'ldirish shart bo'lgan qator

Ушбу мавзуга оид кўпроқ материаллар

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.