BBC navigation

Yangi yil bayrami va ayozli kunlar O‘zbekistonda yo‘l haqqini oshirdi

Сўнгги янгиланиш 20 декабр 2012 - 16:51 GMT

Bayram kunlari hamma narsaning, jumladan yo‘l haqqining ham oshishi O‘zbekistonda odatiy hol.

Bayramni yaqinlari va oila a‘zolari davrasida kutishni xohlaydiganlar ko‘payishi sababli Toshkentdan viloyatlarga borish uchun yo‘l haqlari keskin oshishi kuzatilgan.

Toshkentdan janubiy viloyatlarga yoki Farg‘ona vodiysiga borish uchun ilgari 20-25 ming to‘lab kelingan bo‘lsa, shu kunlarda taksilarning narxi bir kishiga 100 ming so‘m, avtobus haqqi ham qariiyb shundayligi aytilmoqda.

Qashqadaryolik talaba yigitning aytishicha, ukasi bilan uyiga bormoqchi bo‘lsa 200 mingdan ortiq pul kerak bo‘lishi sababli, ota-onasi ularga Toshkentda qolib bayram qilishlarini maslahat berishgan.

Bundan tashqari qor yog‘ib, yo‘llarning muzlashi ham avtomashina haydovchilariga narxni oshirishga yaxshi bahona bo‘lgan."Hozir 70 -80 ming taksichilar uchun arzon bo‘lib qoldi", deb aytadi yana bir yo‘lovchi.

"Shaharlararo taksilar qatnovi uchun samolyotga beriladigan narxni so‘rashmoqda. Yaxshisi samolyotda uyga borgan ma‘qul. Biroq samolyotga ham chiptalar qolmagan", deb yozadi Facebook tarmog‘idan foydalanuvchilardan biri.

Narxlarning osmonga sapchiganiga qaramay taksi va avtobuslarga chiqadigan yo‘lovchilarning soni yetarli. Poyezd chipta narxlarining balandligidan tashqari jo‘nash vaqtining noqulayligi yo‘lovchilarning qimmat bo‘lishiga qaramay, taksi va avtobuslarni tanlashiga to‘g‘ri keladi.

Aslida bayram kunlari avtobus va marshrutli taksilarning narxi doimo baland bo‘lishi yangilik emas. Shu sababli bunday kunlarda yo‘lga chiqadiganlar yo ishi juda zarurlar yo cho‘ntagi narxni ko‘taradiganlardir.

Yo‘l haqining oshishiga shuningdek yoqilg‘i quyish shahobchalarida benzin yo‘qligiga ham sabab bo‘lgani aytiladi.

So‘nggi oylarda benzin taqchilligi O‘zbekistondagi aksariyat yoqilg‘i quyish shahobchalarida uzundan-uzun navbat paydo bo‘lishiga olib kelgan.

O‘zbekiston aholisi oylik ish haqlarining tez-tez oshishiga va uning orqasidan albatta narx-navoning ko‘tarilishiga oddiy holdek qarashga o‘rganib qolgani kabi , bayram kunlari yo‘l haqqining ko‘tarilishini ham shunday bosiqlik bilan qabul qilgan.

-------------------------------------------------------------------------------------------------

Aziz O‘quvchi!

BBC O‘zbek xizmati Sizning fikr va mulohazalaringizga ham o‘rin beradi.

Sahifamizdagi har bir xabar, audio-video materiallar, suratlar va barcha mavzularga doir fikrlaringizni maxsus formadan foydalanib bizga yo‘llashingiz mumkin.

Shuningdek, uzbek@bbc.co.uk elektron pochtamizga maktub yozing.

Biz va dunyo bo‘ylab o‘quvchilarimiz bilan o‘z hikoyalaringiz, suratlar hamda audio-video materiallaringizni baham ko‘ring.

BBC maktublarni tahrir qilish huquqiga ega.


* to'ldirish shart bo'lgan qator

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.