BBC navigation

Mayyalarning oxir zamoni yoki qachon qiyomat qoyim bo‘ladi?

Сўнгги янгиланиш 21 декабр 2012 - 15:39 GMT
  • Deylik, virjiniyalik Holli va Jey Blevinslar oilasi qo‘shnilari bilan birga qiyomat qoyim bo‘lib, biror bir halokat yoki fuqaroviy tartibsizliklar yuz bersa, kerak bo‘lib qolar, degan ehtimolda oziq-ovqat g‘amlashayotgan ekan.
  • Frantsiya janubi-g‘arbidagi Bugarach hokimiyati binosi tashqarisida esa, ommaviy-axborot vositalari xodimlari to‘planishgan. Mas‘ullar toqqa eltuvchi yo‘lni to‘sib qo‘yishgan. Chunki ayrimlar noma‘lum uchar ob‘ektlarda kelgan mavjudotlar o‘zlarini qutqarishiga ishonisharkan.
  • Turkiyaning g‘arbiy Sirinchi qishlog‘ida ham ko‘chalarni politsiya xodimlari qo‘riqlashmoqda. Mayyalarning taqvimiga ishongan ayrim mahalliy odamlar bu qishloqqa oqib kelishmoqda. Ular xuddi shu yerdan Bibi Maryam jannatga ko‘tarilgan, shuning uchun ham xavfsiz, degan o‘yda ekanlar.
  • Ammo qishloqdagi kichikkina bozorda savdo qizg‘in. Sayyohlar oxir zamonga aloqador ramzlarni sotib olishmoqda.
  • Internet, Gollivud va hamma narsaga qiziquvchi ommaviy-axborot vositalari tufayli 2012 yil yakunida qiyomat qoyim bo‘larmish, degan gap insoniyat tarixidagi eng ko‘p tarqalgani bo‘libdi.
  • Agar, davlat matbuoti tarqatgan xabarlarga qaralsa, Xitoyda aynan shunday mish-mishlarni tarqatib yurgan 500 dan ortiq kishi hibsga olingan. Hatto, urumchilik Lu Jenhay bor pulini sarflab, qiyomat qoyim bo‘lsa, jonimni asrar, degan xayolda kema qurishga ham kirishgan ekan.
  • 21 dekabr ko‘plab taqvimlarda qishqi quyosh turishi sanasi hisoblanib, zulmatning yakun topishi va nurning qaytishi sifatida ramziy ma‘no kasb etadi.

Videos and Photos

BBC © 2014 BBC tashqi sahifalar uchun ma'sul emas.

Ushbu sahifani CSS veb-brauzerida tomosha qilgan ma'qul. Hozirgi veb-brauzeringiz Sizga to'la vizual imkoniyatni bermaydi. Marhamat qilib o'zingizning brauzeringizni CSS veb-brauzeriga yangilash haqida o'ylab ko'ring.